So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  4 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Qashqadaryo chempionati. “Hisor” ikkinchi davrani g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

Qashqadaryo chempionati. “Hisor” ikkinchi davrani g'alaba bilan boshladi

Qashqadaryo viloyat ichki chempionati ikkinchi davrasining dastlabki tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Mazkur turning 6 uchrashuvida besh g'alaba va bir durang qayd etildi. Uchta o'yinda maydon egalari raqiblar darvozasiga ko'proq to'p kiritishgan. Ikkita g'alabani safarda SHahrisabzning “Hisor” hamda Kasbining“Navbahor” jamoalari qo'lga kiritishdi. Faqatgina “Olimpiya” va “Po'lati” jamoalar o'rtasidagi keskin bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. 

Ushbu turda “Mashal-FM” jamoasiga texnik g'alaba yozildi. CHiroqchining  “CHiroqchi” jamoasi nomalum sabablarga ko'ra “Mashal-FM”  jamoasini o'z maydonida qabul qilmadi. “Nasaf-FM” tayyorlov guruhlari o'rtasida mamlakat birinchiligida ishtirok etayotgani boisi  viloyat chempionatidagi tur uchrashuvlari qoldirildi.

19-turdan keyingi vaziyatda “SHo'rtan-FM” 38 ochko bilan turnir jadvalida hamon karvonboshilik qilmoqda. Suhrob Azizov boshchiligidagi SHahrisabzning “Hisor” jamoasi safardagi muhim g'alabadan so'ng 18 uchrashuvda 12 g'alaba va 37 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. 

“Ko'kdala”jamoasi uchinchi pog'onadagi o'rnini Kasbiining“Navbahor” jamoasiga bo'shatib berdi. “Nasaf” golkiperi Sanjar Quvvatovning otasi Hoshim aka Quvvatov boshchiligidagi “Navbahor” esa “Qarliq” bilan kechgan o'yinda 2:1 hisobida ustun keldi. Kasbiliklar 34 ochko bilan uchinchi pog'onaga yuqoriladi. 

19-tur natijalari 
“Novqat-CITY”-“Hisor” 0:1
“SHo'rtan”-“Ko'kdala” 4:3
“Alanga”-”Binokor” 5-2
“Nishon”-“Turon” 7:3
“Qarliq”-“Navbahor” 1-2
“Olimpiya”-“Po'lati” 1:1

20-tur uchrashuvlari
23 sentyabr
“Po'lati”-“Navbahor”
“Qarliq”-“Novqat-CITY”
“Hisor”-“Alanga”
“Binokor”-“Nishon”

24 sentyabr
“Zafar”-“Turon”
“Ko'kdala”-“Olimpiya”
“SHo'rtan-FM”-“CHiroqchi”
“Mashal-FM”-“Nasaf-FM”

Faxriddin CHoriev.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика