So’nggi yangiliklar

14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  2 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  7 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  2 12:25"Шўртан" 7 нафар футболчиси билан шартномани бекор қилди  1 11:57"Эвертон" мухлисларини АҚШдаги эксклюзив очиқ машғулотга таклиф қилди  0 11:22Сегунда клуби 6 ойда 20 000 томошабинга мўлжалланган вақтинчалик стадион қурди  8 10:53Англия терма жамоаси аъзоси "Арсенал"га ўтмоқда  4 10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  30 09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  5 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  17 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  16 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0

"Qaldirg'ochlar"ning "bo'rilar" bilan to'qnashuvida kubok kimga nasib qiladi? Yangiliklar

"Qaldirg'ochlar"ning "bo'rilar" bilan to'qnashuvida kubok kimga nasib qiladi?

Ayollar Oliy Ligasining 2021 yilgi mavsumi yakuniga etganidan xabaringiz bor.

Mavsumni "So'g'diyona-W" va "Bunyodkor-W" jamoalari o'rtasida Jizzaxda o'tgan o'yin tugatib berdi. Bu jamoalar ertaga yana bir bor to'qnash kelishadi. Bu final!

O'zbekiston kubogi. Final

23-noyabr, seshanba

BUNYODKOR-W – SO'G'DIYONA-W

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: SHohruh Said.

Mazkur bahsga SHerali Boboqulov boshchiligidagi "So'g'diyona-W" jamoasi o'zgacha kayfiyatda tayyorgarlik ko'rmoqda. Boisi shundaki, garchi Jizzax klubi O'zbekiston chempionatining oltin medallariga ega chiqqan bo'lsa ham, bu yil o'tkazilgan 3 ta uchrashuvda "Bunyodkor" qizlarini mag'lub qila olmadi (2 mag'lubiyat, 1 durang).

Elmira Gulyamova boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" esa maydonda "bo'rilar"dan kuchliroq ekanini yana bir bor isbotlash orqali mamlakat kubogini o'ziniki qilishi mumkin.

Finalga yo'l

Ayollar kubogi bahslari nimchorak final bosqichidan start oladi. SHerali Boboqulov shogirdlari bu bosqichda Farg'onaning "Neftchi" klubi qizlari darvozasiga javobsiz 17 ta to'p kiritishgan edi. CHorak finalda esa Qarshining "Sevinch" jamoasi dog'da qoldirildi (2:0). Final chiptalari uchun o'tgan o'yinda "So'g'diyona-W" "Navbahor" darvozasiga javobsiz 11 ta gol urdi.

"Bunyodkor-W" esa o'tgan mavsum chempioni sifatida kubokdagi yurishini chorak finalda boshlab, AGMKni 2:1 hisobida mag'lub qildi. Yarim finalda esa Bekobodning "Metallurg"i minimal hisobda dog'da qoldirildi.

Malumot uchun, turnirning yakuniy bahsi ertaga "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi.

M. Kushbakova tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика