OCHL. “Bunyodkor-W” guruhdagi so'nggi o'yinda Hindiston klubiga mag'lub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2021, 22:55
Bugun ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 3-tur bahslari o'tkazildi.

Iordaniyaning Aqaba shahrida Ayollar Osiyo Chempionlar Ligasi bahslari davom etyapti. O'zbekistonning 2020 yilgi chempioni, Kubok sohibi “Bunyodkor-W” bugun Hindistonning “Gokulam Kerala” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Hamyurtlarimiz o'yinda 1:3 hisobida  mag'lubiyatga uchrashdi. 

“Bunyodkor-W” - “Gokulam Kerala” 1:3

Gollar:   Elshadai Acheampong, 34 (0:1), Manisha, 61 pen (0:2), Umida Zoirova, 62 (1:2), Karen Zea, 69 (1:3)

Chetlatish: Luiza Sadirova, 61 (“Bunyodkor-W”)

Shu tariqa, uchta o'yinda 2 mag'lubiyat va bir g'alaba qayd etgan "Qaldirg'ochlar" guruhda hozircha 4-o'rinni egallab turishibdi. “Amman klub” (Iordaniya) - “Shahrdari Sirjan” (Eron) o'rtasidagi o'yindan so'ng esa, guruhdagi yakuniy joylashuv aniq bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia