Pyontek London klubiga o'tishi mumkin

Alisher
10 yanv 2020, 11:30
"Milan" hujumchisi Kshishtof Pyontek "Tottenxem"ga o'tishi mumkin.

Bu haqda nomdor jurnalist Franchesko Porcio xabar bermoqda.

"Tottenxem" Xarri Keyn jarohat olganidan so'ng markaziy hujumchi izlash harakatini boshlagan.

Polshalik futbolchining transfer bahosi 32 million evroni tashkil etadi.

Pyontek joriy mavsum barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/fraporzio