"Pusan I'Park" klubida debyut qilgan Doston Tursunov o'z fikrlarini bildirdi
14 may 2020 14:48
Yangiliklar
"Pusan I'Park" klubida debyut qilgan Doston Tursunov o'z fikrlarini bildirdi
Dastlabki, turda “Poxang Stilers” mehmoni bo'lgan “Pusan I`Park” mavsumni mag'lubiyat bilan boshladi. Bilasiz, ushbu jamoada hozirgi kunda hamyurtimiz Doston Tursunov to'p tepmoqda. Himoyachi mavsum boshlanishi va ortda qolgan uchrashuv haqida qisqacha fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Birinchi uchrashuv biz uchun juda ham qiyin kechdi. CHunki, deyarli besh oydan beri futbol o'ynamagandik. Rasmiy bahslarda ishtirok etmadik. Asosan o'zimiz mashg'ulot o'tkazdik. Hamma joyda start og'ir bo'ladi. Endi asta-sekinlik bilan o'yin amaliyotiga ega bo'lib, sport formamizga kirib boramiz. Boz ustiga stadionga muxlislar kiritilmayapti. Oldingidek futbol atmosferasi yo'q hozir. Nasib qilsa keyingi bahslarda g'alaba qozonishga intilamiz”,- deydi Tursunov.
Pohang Steelers Stanislav Iljutcenko - 24', Aleksandar Palocevic - 72' |
K-League 1 . 1-tur 10/05/2020, 11:00 0
:
2
Tugadi
|
Busan I'Park |
Stadion: Steelyard Stadium
Fikrlar