Pukki Klinsman hamda Ravanellining, Abraham esa Kostaning natijasini takrorladi
15 sen 2019 01:30
Yangiliklar


Pukki Klinsman hamda Ravanellining, Abraham esa Kostaning natijasini takrorladi
APLning 5-turidan o'rin olgan Norvich hamda Manchester Siti o'rtasidagi bahsning raqib darvozasini ishg'ol etgan mezbonlar forvardi Teemu Pukki chempionatdagi gollari sonini 6taga etkazdi.
Pukki mavsum startdagi gollar bo'yicha Fabricio Ravanelli (1994/95 yilgi mavsum) va Yurgen Klinsmanning (1996/97) natijasini takrorladi.
SHuningdek, 5-turdan o'rin olgan «Vulverxempton» – «CHelsi» uchrashuvida xet-trikka erishgan Temmi Abraxam esa chempionatdagi gollarini 7taga etkazdi. Abraham mavsum boshidagi gollar bo'yicha Diego Kostaning (2014/15) ko'rsatkichini qayd etdi.
Bu borada etakchilik Miki Kuinn (1992/93, 8 gol) hamda Serxio Agueroga (2011/12, 8 gol) tegishli.
Aytish joizki, Aguero hisobida ham Premer-liganing joriy mavsumda xuddi Abraham kabi 7ta gol mavjud va ular chempionatda to'purar bo'lib turishibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar