PSJning sobiq futbolchisi Messini tanqid qildi
10 noy 2021 15:52
Yangiliklar
PSJning sobiq futbolchisi Messini tanqid qildi
PSJ sobiq yarim himoyachisi Jerom Roten Argentina terma jamoasi ixtiyoriga borib qo'shilgan Lionel Messini tanqid qildi.
34 yoshli hujumchi jarohati bo'lishiga qaramay terma jamoa yig'iniga ketdi.
«Bu shok, buni tushunmayapman. Leonardoning fikriga qo'shilaman, buni to'xtatish kerak.
Senda jarohat bor, oxirgi ikkita o'yinda maydonga tushmading, «Bordo»ga qarshi bahsda ham qatnashmading. O'z jarohatingni tekshirtirishga ketding mayli, ammo yig'inda qatnashmay PSJga qayt va yangi klubga ko'nik.
U terma jamoada o'ynab PSJga juda yaxshi kayfiyatda qaytishi mumkin. Balki jarohat bilan ham qaytishi mumkin. Sport formasini to'liq tiklab olishi uchun Parijda qolgani yaxshi edi», – deydi Roten.
Fikrlar