PSJ yarim himoyachisi MYUga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

19 okt 2020, 09:13
Parijliklarda yana bir muammo paydo bo'ldi.

PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes Liga 1 ning 7-turi doirasida “Nim”ga qarshi o'tkazilgan bahsda jarohat olgandi. Futbolchi o'ng sonini jarohatlab olgan va o'yinning 11-daqiqasidayoq zaxiraga olingandi. Ma'lum bo'lishicha, Paredes YCHL doirasida 20 oktyabrda “Manchester Yunayted”ga qarshi o'tadigan bahsni o'tkazib yuboradi.

Joriy mavusm Paredes Fransiya chempionatida 4 ta o'yinda qatnashib, bitta qizil kartochka ishlab oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Equipe