

“Futbolchilarimiz yaxshi o'yin o'tkazdi deb hisoblayman. Agar bu boks bo'lganida biz yutgan bo'lardik. Tomas Tuxelning jamoadagi kelajagi xavf ostidami? Bu o'yindan so'ng darhol shu kabi savollar berilmaydi deb o'ylayman”, - deydi Leonardo.
Eslatib o'tamiz, PSJ-“Marsel” (0:1) bahsida bosh hakam Jerom Brizar futbolchilarga 17 ta kartochka ko'rsatdi. 5 futbolchini o'yindan chetlatdi. O'yin so'ngida futbolchilar o'rtasida janjal kelib chiqdi. Neymar esa “Marsel” a'zosi Alvaro Gonsalesni irqchilikda ayblab chiqdi.



