PSJ "Real" himoyachisiga qiziqmoqda
27 apr 2020 00:31
Yangiliklar


PSJ "Real" himoyachisiga qiziqmoqda
Ijara asosida "Sevilya" sharafini himoya qilayotgan "Real" futbolchisi Serxio Regilon faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
PSJ klubi 23 yoshli o'yinchi bilan yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishi kutilayotgan Leven Kurzavaning o'rnini to'ldirmoqchi, deb xabar qildi RMC Sport.
Regilonni taklif qilish varianti parijliklar sport direktori Leonardodan chiqqan va u ispaniyalik futbolchiga PSJning boshlang'ich tarkibidan joy kafolatlashga tayyor.
Malumot uchun, joriy mavsum 22 o'yinda maydonga tushgan Regilon bitta gol, to'rtta golli uzatmaga mualliflik qildi (La Liga).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar