PSJ Ramosdan norozi
18 avg 2021 19:14
Yangiliklar
PSJ Ramosdan norozi
Franciyaning PSJ klubi rahbariyati ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosning xatti-harakatidan norozi.
Manbaning takidlashicha, ispaniyalik futbolchi klub sardori yoki jamoaning asosiy yulduzi bo'lmasa ham, klub xodimlariga takabburona munosabatda bo'lmoqda.
PSJ rahbariyati bunga toqat qilmoqchi emas. Agar Ramos bunga munosabatini o'zgartirmasa, parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino unga asosiy tarkibdan joy berishni kafolatlamaydi.
Eslatib o'tamiz, Ramos shartnoma muddati yakunlangach, Madridning "Real" jamoasi bilan xayrlashdi hamda Parij klubi safiga borib qo'shildi.
Fikrlar