PSJ - MYU va "Portu" - "Roma" uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar malum bo'ldi
04 mar 2019 18:14
Yangiliklar


PSJ - MYU va "Portu" - "Roma" uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar malum bo'ldi
UEFA PSJ - "Manchester Yunayted" hamda "Portu" - "Roma" o'rtasidagi CHempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinlarida ishlaydigan hakamlarni elon qildi.
PSJ - "Manchester Yunayted" o'yinini Damir Skomina boshchiligidagi sloveniyalik hakamlar guruhi boshqaradi. Unga qanotlarda Yure Praprotnik va Robert Vukan yordam beradi. Videoassistent rolini - Massimiliano Iratti va Marko Gvida bajaradi. To'rtinchi hakam Matey Yug.
"Portu" - "Roma" bahsida Junayt CHaqir va uning turkiyalik hamkasblari ishlaydi. Unga qanotlarda Baxattin Duran va Tarik Engyun yordam beradi. Videoassistentlar - SHimon Marchinyak, Pavel Gil. To'rtinchi hakam - Xalis Ezkaxya.
Ilk bahsda PSJ MYUni 2:0 hisobida mag'lub etgan edi. "Roma" esa o'z uyida "Portu"ni 2:1 hisobida taslim etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar