PSJ Mbappeni sotsa yoki o'yinchi bilan shartnomani uzaytirsa, "Monako"ga 35 mln evro to'laydi
25 avg 2021 12:14
Yangiliklar
PSJ Mbappeni sotsa yoki o'yinchi bilan shartnomani uzaytirsa, "Monako"ga 35 mln evro to'laydi
"Monako" "Pari Sen-Jermen"dan Kilian Mbappening sotuvidan so'ng katta tovon puli oladi.
Parij klubi 22 yoshli futbolchi boshqa jamoaga sotilsa, "Monako"ga 35 mln evro to'laydi. Bundan tashqari, bu narx PSJ forvardning transferi uchun to'lanadigan pulga nisbatan hisoblanmaydi. Bu 2017 yilning yozida PSJga Mbappe o'tishidagi bitimda yozilgan.
"Monako" faqatgina Mbappening transferidan 35 mln evro olmaydi, hatto francuzning 2022 yilga qadar mo'ljallangan bitimi uzaytirilsa ham, shuncha pul klub hisobiga o'tkazib beriladi.
Eslatib o'tamiz, "Real" PSJga Mbappening transferi uchun 160 mln evro taklif qildi, ammo Parij klubi taklifni rad etdi.
Fikrlar