PSJ Kinga ko'z tikdi
05 may 2022 22:03
Yangiliklar
PSJ Kinga ko'z tikdi
"Pari Sen-Jermen" "Yuventus"da ijarada o'ynayotgan "Everton" hujumchisi Moyze Kinga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaning xabariga ko'ra, Parij klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kin 2020/2021 yilgi mavsumda PSJ safida o'ynagan.
22 yoshli Kin "Everton"ga tegishli, ammo o'tgan yozda "Yuventus"ga sotib olish huquqi bilan ijaraga berilgan. Hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar