So’nggi yangiliklar

17:37"ЎзСҚБ кўплаб вазиятлар яратди, бизнинг йигитлар туриб бера олишди" — Рустам Умаров  0 17:16"Арсенал" АПЛ юлдузи билан шартнома имзоламоқчи  0 17:05Футзал. ОКМК ярим финалнинг жавоб баҳсида БМБ билан тўқнаш келмоқда  0 16:30Ўзбекистон Кубоги. 3-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Сурхон" ва "Шўртан" 1 нафардан йўқотишга эга  0 16:15"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  13 15:58Ўзбекистон Кубогида нима гап?  6 15:48Ўзбекистоннинг БАА ҳамда Қатарга қарши учрашувлари учун ҳакамлар тайинланди  15 15:48Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" 9:0 ҳисобида ютгани фойдасизми? "Насаф" 1:0 ҳисобида ютса, кейинги босқичга чиқадими?   7 15:31"Футбол олами". Водий дербисида "Нефтчи"да ғалаба, "Пахтакор"да 6:0, Қаршида жанговар дуранг ёхуд 9-тур ҳақида батафсил  0 15:20Эшитдик-да! CAFA U-17 мусобақасида Ўзбекистон U-16 терма жамоаси қатнашади  0 15:00Про лига. 6-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 14:39МЮ Европа Лигасидаги эҳтимолий ғалабани нишонламоқчи эмас  3 14:11Анчелоттининг ўғли "Рейнжерс"ни бошқариши мумкин  2 13:42"Ноттингем Форест" эгаси омма олдида бош мураббийга нисбатан ғазабини намоён қилди  3 13:15"Барселона" Флик ва Шенснига янги шартнома таклиф этди  6

PSJ hozir ECHLni yutishga qodir emas, Messi eng zo'ri, Mbappe bilan aka-ukamiz - Neymar bilan intervyu Yangiliklar

PSJ hozir ECHLni yutishga qodir emas, Messi eng zo'ri, Mbappe bilan aka-ukamiz - Neymar bilan intervyu

Bugungi kunda Franciyaning PSJ klubida o'ynayotgan Neymar fifa.com saytiga bergan intervyusida futbol olamidagi voqelarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

- Neymar, barchamizga malumki, siz Kopa Amerika arafasida jarohatga chalindingiz. Amalda esa, tiklanishingiz uchun qulay bo'lgan shifoxonalarga borish o'rniga turnirning har bir o'yinini bevosita kuzatish uchun stadionga tashrif buyurdingiz. Nima uchun bunday qarorga kelganingizni ayta olasizmi?
- Haqiqatan ham "Kopa"dan tashqarida bo'lish men uchun juda qiyin edi. Men Braziliyaning o'zidayoq davolanish kurslarini olib bordim. Jamoadoshlarimga etib olish potencialimni ham nazoratda ushlab borishga harakat qildim. SHunday bo'lsa-da, men uchun juda og'ir damlar edi. Afsuski, millionlab vatandoshlarim kabi matchlarni tribunadan kuzatib borishga majbur bo'ldim. Lekin, jarohatim haddan tashqari uzoq muddatga cho'zilib ketadi deb o'ylamagandim. Har doim stadionga kirganimda bolaligim, dadam bilan birga kuzatgan o'yinlarim esga tushib ketardi.

- Xabaringiz bor, Braziliya terma jamoasi o'tgan Jahon chempionatidan buyon o'ynagan 22 bahsining atigi ikkitasida yutkazdi, xolos. Ayni tarkib va futbolchilarning hozirgi holatidan kelib chiqib, jamoaning imkoniyatlarini qay darajada baholagan bo'lardingiz? Qatar-2022 oldidan Braziliya termasi qolganlarga qaraganda qanchalar ustun bo'la olishi mumkin?

- Hozirgi paytda biz juda kuchlimiz va tarkibdagi futbolchilarning aksariyati yosh bo'lishiga qaramay, etarlicha tajriba to'plashga ulgurishgan. Bizda ketma-ket tarzda Jahon chempionatlarida ishtirok etgan yulduzlar bor, jumladan, men ham. Mahoratli o'yinchilarda pozitiv tajriba bilan bir qatorda uzoq yillik mashaqqatli ko'nikma ham mavjud bo'ladi. Ularning yillar mobaynida to'plagan tajribasi yosh futbolchilarga katta maktab bo'lib xizmat qiladi. SHuni ham qo'shimcha qilishim mumkinki, termamiz o'yinida bir xillilik ko'zga tashlanmaydi. Tarkib borasida deyarli kamchiliklar yo'q. Bizda har bir chiziq uchun raqobat kuchli. SHuning hisobiga ham murabbiylarda tanlash imkoniyati kengroq. Men milliy terma jamoa haqida ijobiy xulosadaman.



- Artur, Sebolinya, Risharlison, David Neres, Paketa, Vinisius, Rodrigo...Etishib chiqayotgan yoshlar haqida nima deya olasiz?

- Albatta, ularning barchasi ham o'ziga xos iqtidor egasi hisoblanadi. Qatarda bularni yangitdan kashf qilishimizga ishonaman. Bejizga, Braziliya jahon miqyosida "istedodlar fabrikasi" sifatida tilga olinmaydi.

- Kelasi Jahon chempionatida Braziliyaning munosib raqiblari sifatida qaysi jamoalarni aytgan bo'lardingiz?

- Franciya, Belgiya, Angliya va Argentina.

- Leo Messi sentyabr oyida "The best" sovrinini qo'lga kiritdi. Umuman olganda, uni tarixdagi eng yaxshi o'yinchi deb bilasizmi? Messi bilan birga bitta jamoada ham to'p tepgansiz. U bilan ishlash qiyin kechmaganmi?

- Messi bilan bitta jamoada o'ynash menga katta maktab bo'lib xizmat qildi. Undan har doim yangi bir narsa o'rgansa bo'ladi. Biz maydon tashqarisida ham o'zaro do'st edik. SHubhasiz u men ko'rganlar ichida eng zo'ri.



- Kilian Mbappe to'g'risida nima deya olasiz?

- U ham o'z uslubiga ega bo'lgan beqiyos futbolchi. U bilan bitta jamoada o'ynayotganligimdan xursandman. Mbappe bilan maydon tashqarisida ham aka-ukadekmiz.

- Sizningcha hozirgi PSJ Evropa CHempionlar ligasini yutishga qodirmi?

- Yo'q. Eng kuchlisi demagan bo'lardim, lekin men bu erda o'ziga xos atmosferani his qilyapman. O'zimga bo'lgan ishonch yuqori darajada. Albatta, bu menga mavsum davomida qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.



Fifa.com saytidan Yusufbek tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика