PSJ Fabian Ruis uchun "Real", "Barselona" va "Atletiko" bilan raqobat qiladi. Parijliklar 60 mln evro to'lashga tayyorlar
10 may 2021 15:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636181_original.jpg)
![](/upload/storage/636181_220.jpg)
PSJ Fabian Ruis uchun "Real", "Barselona" va "Atletiko" bilan raqobat qiladi. Parijliklar 60 mln evro to'lashga tayyorlar
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.
Bosh murabbiy Maurisio Pochettino 25 yoshli ispaniyalik futbolchini jamoasida ko'rishni juda ham xohlamoqda.
Ruisga "Real", "Barselona" va "Atletiko" qiziqish bildirmoqda, ammo transferga futbolchining narxi muammo tug'dirishi mumkin. "Napoli" 70 mln evro olmoqchi, ammo maksimal pulni hozircha PSJ taklif qildi - 60 mln. "Atletiko" 50 mln taklif qilmoqda, "Barselona" va"Real"ning taklifi haqida esa malumot yo'q.
Ruis joriy mavsum "Napoli" tarkibida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi. Ispaniyalikning shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi, bitimning ehtimoliy uzaytirilishi borasida muzokaralar boshlanmadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar