PSJ "Borussiya" Xolandni 200 mln evroga qo'yib yuboradi deb hisoblamoqda
28 avg 2021 17:15
Yangiliklar
PSJ "Borussiya" Xolandni 200 mln evroga qo'yib yuboradi deb hisoblamoqda
PSJ Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandni yozda xarid qilmoqchi.
Franciya klubi Dortmund klubini 200 million evrolik talkif bilan ko'ndirish mumkin deb hisoblamoqda.
Qayd etish kerakki, norvegiyalik yuqori maosh so'raydi, uning agenti bo'lmish Mino Rayolaning ham to'lovi katta bo'ladi, ammo PSJ klub bu kelishuvni tashkil qilishi uchun mablag' borligiga ishonadi.
Eslatib o'tamiz, kelasi yozda Xolandning "Borussiya" bilan shartnomasiga ko'ra, uning tovon puli 75 mln evro bo'ladi.
21 yoshli forvard joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar