PSJ APL murabbiyi vakillari bilan bog'landi

Aslanov Jasurbek
8 mar 2018, 13:06
PSJ "Chelsi" bosh murabbiyi Antoni Konteni jamoaga taklif qilmoqchi va italiyalik mutaxassis vakillari bilan bog'lanishga ham ulgurdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Parij klubi rahbariyati Kontening agenti va akasi bilan muloqot qilgan. Italiyalik katta ehtimol bilan joriy mavsum oxirida "Chelsi"ni tark etadi, chunki klub egasi Roma Abramovich bilan transferlar borasida kelisha olmay qolgan. PSJdan tashqari, Konte xizmatlariga terma jamoaga bosh murabbiy izlayotgan Italiya futbol federatsiyasi qiziqish bildirmoqda. Konte va uning atrofidagilar PSJda ishlash Italiya terma jamoasini boshqarishdan daromadliroq ekanligini tushunib turishibdi.

PSJning hozirgi ustozi Unai Emeri joriy mavsum yakunida iste'foga chiqariladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe