Provokacion bayroq Serbiya va Albaniya termalari o'rtasidagi futbol uchrashuvini yo'qqa chiqardi
15 okt 2014 12:48
Yangiliklar

Provokacion bayroq Serbiya va Albaniya termalari o'rtasidagi futbol uchrashuvini yo'qqa chiqardi
Evro-2016 saralashi doirasidagi Serbiya va Albaniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv maydon uzra futbolchilarning mushtlashuvi va tribunalardagi tartibsizliklarga sabab bo'lgan provokacion bayroq paydo bo'lgani sabab yo'qqa chiqdi.
Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Serbiya poytaxti Belgradda albaniyalik tomoshabinlarsiz o'tkazilayotgan uchrashuv maydon ustida uncha katta bo'lmagan dronga o'rnatilgan, g'oyasi bo'yicha etnik albanlar istiqomat qiladigan barcha hududlarni o'zida birlashtirishni ko'zda tutuvchi Buyuk Albaniya deb ataladigan va mavjud bo'lmagan davlat bayrog'i paydo bo'lganidan so'ng to'xtab qolgan.
Hodisa birinchi taym oxirida sodir bo'lgan. Serbiya terma jamoasi futbolchilaridan biri bayroqni tutib olishga muvaffaq bo'lganidan so'ng, uning oldiga Albaniya termasi futbolchilari yugurib kelgan va dahanaki jang boshlangan.
Policiya ushbu holatga Partizan stadioni maydoniga o'nlab serbiyalik ishqibozlar yugurib tushganidan so'nggina aralashgan, albaniyalik futbolchilar tribuna ostidagi inshootlarga yashirinishga majbur bo'lishgan.
Uchrashuv taxminan yarim soatga to'xtab qolganidan so'ng, angliyalik bosh hakam Martin Atkinson o'yinni 0:0 hisobida to'xtatishga qaror qilgan.
Men nima bo'lganini hali ham anglab ololmayapman. Jamoamiz nomidan shuni aytishim mumkinki, biz o'yinni davom ettirishni xohlagandik. Biz albaniyalik futbolchilarni ular tribuna osti inshootlariga etib olgunlaricha himoya qilib bordik, – dedi Serbiya terma jamoasi sardori Branislav Ivanovich jurnalistlarga bergan intervyusida.
Albaniya terma jamoasi sardori Lorik Cananing Albaniya televideniesiga malum qilishicha, u o'zining jamoadoshlariga butun maydon bo'ylab va hatto tunnelda ham, xususan, styuardlar (qo'riqchilar) tomonidan hujum qilinayotganini ko'rgan. Uning so'zlariga ko'ra, Albaniya terma jamoasi o'sha vaqtda o'yinni davom ettira oladigan ruhiy va jismoniy holatda emasdi.
Serbiya davlat televideniesi tarqatgan axborotga ko'ra, barcha mojaroga sabab bayroq o'rnatilgan uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilma Albaniya bosh vaziri Edi Ramaning ukasi Olsa Rama tomonidan boshqarilgan bo'lishi mumkin va u stadion VIP-lojasida qo'lga olingan.
Albaniya ichki ishlar vaziri Saymir Tahirining malum qilishicha, u serbiyalik hamkasblari va Belgraddagi alban vakillari yordamida Olsi Rama stadionnni tark etib, aeroportga yo'l olganini aniqlagan.
Bosh vazirning ukasi stadiondagi tartibsizliklarga sabab bo'lgan provokaciyani uyushtirishda gumon qilinib, hibsga olinganmi-yo'qmi, qabilidagi savolga Tahiri shunday javob bergan: Bilmayman. Bularning bari uydirma.
Serbiyaning Blic nashri o'z saytida bergan xabarga ko'ra, Serbiya tashqi ishlar vaziri Ivica Dachich yuz bergan hodisani siyosiy provokaciya deb atagan.
Serblar va albanlar o'rtasidagi kelishmovchilikning asosiy sababi – aholisining aksariyat qismi albanlar bo'lgan Serbiyaning sobiq hududi – Kosovo atrofida 90-yillar oxirida ro'y bergan nizolardir. Kosovo G'arb mamlakatlari ko'magi bilan 2008 yilda o'z mustaqilligini elon qilgan, biroq rasmiy Belgrad hali ham uni tan olmagan.
Malumot uchun, NATO 1999 yili, Serbiya harbiylarini alban aholisiga nisbatan millatlararo qirg'in uyushtirishda ayblab, 78 kun davomida Serbiyani bombardimon qilgan edi.

Fikrlar