So’nggi yangiliklar

23:15Расман: Лукакунинг янги жамоаси маълум қилинди  0 23:00Конференциялар лигаси саралаши. "Панатинаикос" - "Ланс" (матнли трансляция)  0 22:59Жароҳатлар таъқибига учраётган Ўзбекистон терма жамоаси тайёргарлигидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:56Ла Лига. "Лас-Пальмас" - "Реал Мадрид": Браим Диас асосий таркибда  0 22:48Конференциялар лигаси саралаши. "Серветт" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:15ЕЧЛ янги мавсумига қуръа ташланди!  43 22:03Конференциялар лигаси саралаши. "Ланс"нинг "Панатинаикос"га қарши асосий таркиби маълум бўлди  4 21:49Эрон. "Истиқлол" "Истиқлол"га қарши. Машарипов асосий таркибдами?  0 21:23Чеферин: "Суперлига ҳеч қачон бўлмайди!"  3 20:48МЮнинг 64 млнлик "биллури" сафдан чиқди  3 20:18Роналду: "Ҳеч қачон қўрқоқ бўлмаганман"  12 19:47"Реал" 2030 йилгача Эндрикнинг ҳар бир голи учун 35 000 доллардан тўлаб боради  8 19:19Футболчиларни сотиб ололмаётган "Барселона" эркин агент топди, аммо яна битта муаммо бор  4 19:11Де Росси Шомуродовга ишонишни бошлади. Аввалги мураббийлар нима қилган?  7 18:12Нима? Кьеза кутилмаганда АПЛ гранди билан шартнома имзолади   8

Professional futbolchining noodatiy hayot tarzi - alkogol, depressiya va qimor Yangiliklar

Professional futbolchining noodatiy hayot tarzi - alkogol, depressiya va qimor

Britaniyalik himoyachi Stiven Kolkerning faoliyati futbol olamidagi chiroyli hikoyalardan biri bo'lishi dargumon.

Odatda biz professional futbolchilarning hayoti sal kam ideal bo'ladi o'ylaymiz. Barcha narsa muhayyo. Istasa ko'ngilhushlik, sarflab tugatib bo'lmaydigandek tuyuluvchi maoshlar... Ammo buning ortida bolalikdan boshlab belgilab olingan maqsad va intilish, tinimsiz va mashaqqatli mehnat borligini tashqaridan qaraganda bazan unutib qo'ymaymizmi? Ko'pincha futbolchi bo'laman degan bolakaylar istaydimi-yo'qmi asosiy vaqti mashg'ulot bilan o'tadi hamda o'qish uchun tengdoshlaridek etarlicha vaqti bo'lmaydi. Tizim shunday yaratilgan, vaziyat shuni talab qiladi. 16, 17, 18 yoshida o'smir chinakam shartnoma imzolab yo katta futbolga o'tadi, yoki... Ana shu erda omadi chopmay, katta futbolga o'ta olmaganlar hammasini deyarli 0 dan boshlariga to'g'ri keladi. SHu bilan bir qatorda, futbolchi bo'la olganlarning hammasi ham yuqorida aytganimizdek ideal hayotda yashamaydi.

Ana shunday omadi kelib professional futbolchi bo'lgan, lekin keyin o'sha omad yuz o'girib, hayoti ostin-ustun bo'lganlarning biri Stiven Kolkerdir.    

Jarohatdan keyingi qayta tiklanish, hal qiluvchi bahslardagi xet-trik (yoki poker) – bularning hech biri uning faoliyatida bo'lmagan. Ha, ishonavering. Kolkerning hayoti juda qiyin va og'ir tarzda kechgan: jarohatlardan keyin u faqatgina yomon o'ynagan, asosiy vaqtini esa zaxira o'rindig'ida o'tkazgan – Stiven 2012 yil dekabrda Ibragimovich qanday qilib Xartga 4ta gol urayotganini o'z ko'zlari bilan ko'rgandi.

Kolker maydonda — juda oddiy personaj. Iqtidorli, ammo ko'pchilik qatori bundan to'g'ri foydalana olmagan. Maydondan tashqarida sportga bog'liq bo'lmagan voqealar sodir bo'ldi: Stiven alkogolizmdan aziyat chekar, qimor o'ynar va o'z joniga qasd qilish haqida tinimsiz o'ylardi. Kolker buni enga oldi, biroq o'sha yillari juda og'ir o'tdi. Qachonlardir chiroyli gollari bilan muxlislarini xushnud etgan bo'lsa-da, yulduzlik karerasini qurishiga kech bo'lgandi.

Kazino yaqinida yashardi – shu sababli hamma narsa ag'dar-to'ntar bo'lib ketgan

Kolkerning muammolari 2011 yilda boshlangan: "Tottenxem" uni "Bristol Siti"ga ijaraga yuborgan. Stiven shahar markaziga ko'chib bordi, u yashaydigan kvartal tungi klub va kazinolar bilan to'lgandi. Avvaliga Kolker shunchaki qiziqish tufayli u erga borgan, lekin keyin qimorga berilib ketib undan uzoqlasha olmay qogan. Stivenning aytishicha, bu narsaga qiziqish ikki narsa tufayli paydo bo'lgan: birinchisi u hayotida ko'rmagan darajada ko'p pul va ikkinchisi g'alaba nashidasiga bo'lgan chanqoqlik.

Futbol Kolkerga zavq bag'ishlamagan va u buni qimordan izlagan: "Men nima qilib bo'lsa ham bu tizimni yutishni istardim, chunki nimadir borligiga va uni enga olishimga o'zimni ishontirgandim. Siz hech qachon buni tushunmay o'tib ketishingiz ham mumkin", – deydi Kolker. Bir kuni klub xodimlaridan biri Stivenni kazinoda ko'rib qoldi va buni murabbiyga aytdi.

U jazolanmadi. Sababi murabbiy shunday dedi: maydondan tashqarida sodir bo'layotgan narsalar — futbolchining shaxsiy ishi. Asosiysi, bu o'yinga halal bermasa bo'ldi. Murabbiyning bunday beparvoligi Kolker yanada o'zini erkin his qilishiga zamin yaratib berdi. U kazinoga yanada ko'proq boradigan hamda katta miqdordagi summani yutib olishga harakat qiladigan bo'ldi: "Har kuni qimor o'ynardim. Biroq tabiiyki, doim ham omadim chopmasdi. Natijada pul yo'qotganimdan so'ng o'zimni tahqirlangan, aybdordek his qilardim", – Kolker xafagarchiliklarni unutishida unga yana qartalar yordamga kelardi. U asosiy tarkib futbolchisi emasligini ich-ichidan his qilib turar va shuni deb ancha siqilardi.

Oradan yillar o'tib Stiven o'zini anglash bilan bog'liq muammolari bo'lganini yodga oldi: "Hayajon... Bu narsani engib o'tishim uchun menga nimadir kerakdek edi, go'yo. Bolaligimdan futbol voqelikdan qochishimga yordam bergan. Lekin o'smirlik paytim ilk bor jamoaga kelganimdan keyin hamma narsa o'zgarib ketdi va professional futbolda qanchalik katta bosim borligini tushunib etdim".

Birgina qaror uning hayotini o'zgartirib yubordi

"Bristol"da o'tgan yillaridan so'ng Kolkerni "Suonsi"ga jo'natib yuborishdi – u kichik klublar orasida kezib yura boshladi. "Suonsi"ga o'tish ham alkogol va kazinoga nuqta qo'yilishiga sabab bo'lolmadi. 2013 yil yozda "Tottenxem" ham Kolker bilan xayrlashishga qaror qildi. Stiven Bagamadagi tatili davomida klub prezidentini uchratib qoldi. Klub bossi unga darhol shikoyat qila boshladi: "Sen qilayotgan ishlaring aqlga sig'maydi. YO o'zingga kelib yaxshi o'yna, yoki klubdan tinchgina ket. Lekin men seni ishontirib aytamanki, agar ketsang, keyin yuqoriga umuman ko'tarila olmaysan".

Iyulda "Kardiff" va "Tottenxem" Kolker transferi bo'yicha kelishib oldi. U erda hammasi omadli boshlandi: Stiven sardorlik bog'ichiga ega bo'ldi, bir nechta muhim o'yinlarda gol urishga erishdi va vaqtinchalik bo'lsa-da alkogol va kazinoni esidan chiqardi. Klub murabbiyi Marti Makkey futbolchining ruhiy tomondan muammolari borligini bilar, lekin u jamoa uchun muhim ekanligiga o'yinchini ishontira olardi.

Makkeyning "sehri" dekabr oyidan ish bermay qoldi va "Kardiff" quyi pog'onaga tushib keta boshladi. Murabbiyni ishdan bo'shatishdi. Bu esa qahramonimizga qattiq tasir qildi. Spirtli ichimliklar ichish hamda qimor o'ynash istagi yana paydo bo'ldi. Makkey "Kardiff"dan ketishi bilan Stiven yana eski holiga qaytdi: "Biz Makkeysiz bitta o'yin o'ynashimizdan oldin men hamma narsani yo'qotganimizga o'zimni ishontira boshladim va yana ichkilikka berildim". Klub moliyaviy ahvolini yaxshilab olish uchun bir yildan so'ng Kolkerni sotishga qaror qildi.

Stivenning yangi klubi KPR ("Kuinz Park Reyndjers") bo'ldi. Karerasini qayta qurish rejasi ikkinchi mavsumdayoq muvaffaqiyatsizlikka uchradi — KPR "Uayt Xart Leyn" stadioniga bordi va "Tottenxem"ga qarshi bahsda 4ta gol o'tkazib yubordi. "Menda bir hissiyot paydo bo'ldi: xuddi Levi tribunada o'tirib "Ha, men senga nima degandim" deb qarab turgandek edi go'yo", – Kolker depressiyaga tushib qolgan vaqti shunday degandi. Mag'lubiyatdan so'ng u "Tottenxem"dan ketganiga qattiq afsuslandi — 2013 yil g'urur va axmoqlik o'z xatolari ustida ishlash istagidan ustun kelgan edi.

Tuni bilan qaerda yurganini eslay olmasdi

Omadsiz transfer Kolkerning faoliyatiga yana kishan soldi. U mag'lubiyatdan keyin azob chekdi va o'zini toptalgandek his qildi. Etmaganiga, klub muxlislari ham unga bosim o'tkaza boshladilar: ular Kolkerning ruhiy muammolari haqida bilishmasdi. Klub muammolarga duchor bo'lishida Kolker ham o'zini ayblay boshladi.

"Men uxlay olmadim, havotir oldim. Menga yordam bera olgan narsa faqatgina — alkogol bo'ldi. Bu narsalar vaqtincha bo'lsa-da bazi narsalarni unutishimda yordam berardi – gumon, o'zimga bo'lgan nafrat. Biroq ko'p ichimlik istemol qilganimdan so'ng o'zimga kela olmasdim va mashq qilishga ham kuchim etmasdi. Hech narsani eslay olmasdim", – deydi Kolker. Ertalab Kolkerning telefoni xabarlardan tinmasdi: tanishlari tunda bo'lgan voqealarni video va suratga olib unga jo'natishardi. Vaqt o'tgan sari Kolkerning oddiy kuni ham policiya bo'limida boshlanadigan bo'lib qoldi. Videolarda o'zini ko'rgan Kolker aksini taniy olmasdi – shunday pastkashlikga borganiga ishongisi kelmasdi.

Afrikaga ketdi va hayoti butunlay o'zgardi

2016 yil Kolker barcha narsani o'zgartirish uchun o'zida kuch topa oldi. U bobosining tug'ilib o'sgan yurti Serra-Leonega borishga ahd qildi. U erdagi turmush tarzi juda past darajada edi. Serra-Leone o'rtacha umr ko'rish yoshi bo'yicha (51 yosh) 183-o'rinni egallar, o'lgan chaqaloqlar soni bo'yicha esa etakchi edi. Mamlakatda 30 yildan beri "ActionAid" jamg'armasi faoliyat yuritadi. Fond xodimlari qashshoqlikka qarshi kurash, talimni rivojlantirish va ayollarni huquqiy himoya qilish kabi ishlar bilan shug'ullanadi. Aynan Kreyg Bellami fond ishlari bilan tanishib chiqishni Kolkerga maslahat berdi. Xayriya qilish g'oyasi Kolkerning yuragini jumbushga keltirdi.

U mamlakat shimolidagi maktabga moliyaviy yordam taklif qildi. Kolker olti oy mobaynida Angliyada xayr-ehson yig'di — yarim yil ichida 26 ming funt jamg'arildi. Stivenning o'zi esa 50 ming berdi. O'sha yilning yozida u Serra-Leonega yo'l oldi va dahshatli hayotni o'z ko'zlari bilan ko'rdi: "Biz aloqa vositalari bo'lmagan joyni tashlandiq qishloq deymiz. Bu erga kelsangiz, xuddi 200 yil oldingi davrga tushib qolgandek bo'lasiz. Bu erda insonlar o'z qo'llari bilan tayyorlagan narsadan boshqa hech vaqo yo'q. Maktab ular uchun xuddi quyosh nuriga o'xshaydi. Bolalar har kuni maktabga borish ilinji bilan tonggi 6 da uyg'onadilar. Ammo...".

Kolkerning yodida qolgan xotirasi — Serra-Leonedagi birinchi tun. Mahalliy aholi Stiven uchun "eng yaxshi uy" tayyorlab qo'ygan edi. Biroq hammasi ham qahramonimiz kutganidek alo darajada emasdi. Devorlarda turli hasharotlar bor edi. Eng achinarlisi, u erdagi aholi issiq suv haqida eshitmagan ham edi: Kolker esa aksincha umrida bir marta bo'lsa ham sovuq suvda yuvinmagandi...

Serra-Leonega bo'lgan sayohat Kolkerni butunlay o'zgarishga majbur qildi. "The Guardian"ga bergan intervyusida u Afrikaga borib kelganidan so'ng, hayotga boshqacha ko'z bilan qaray boshladi: "Men xohish va ehtiyojlarimni yaxshiroq his qila boshladim: o'z-o'zimga savol berdim — shu 200 funtlik ko'ylak menga kerakmi yo bu vaqtinchalik ehtiyojmi?! Bilaman, bu sizga g'alati eshitilishi mumkin. Lekin shuncha yil davomida men go'yo bir shar ichida yashagan ekanman. Maktab uchun sarflagan 50 ming funtim — shuncha yil ishlatgan pullarimdan ko'ra men uchun qadrliroq va foydaliroq bo'ldi".

Hayotga bo'lgan qarashini o'zgartirgan Stiven (erkin agent) shu yilning yanvar oyida Turkiyaning "Alanyaspor" klubi bilan shartnoma imzoladi. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика