So’nggi yangiliklar

16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  0 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  0 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  1 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  2 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  8 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1

PRO-Liga."Labsa" davralar oralig'ida yangi futbolchilarni qo'shib oldi Yangiliklar

PRO-Liga."Labsa" davralar oralig'ida yangi futbolchilarni qo'shib oldi

Teglar :  Labsa
"PRO-Liga" "V" guruhi ishtirokchisi "Labsa" jamoasi o'z oldiga yuqori maqsadlarini qo'ygan.

Jamoa davralar oralig'idagi tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida 12 iyul sanasidan o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi. Futbolchilar shu kuni Buxoro shahridagi "Afshor’" o'yingohida to'planib, mashg'ulotlarga kirishdilar. Dastlabki  yig'in 22 iyulgacha davom etib, asosan jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratildi. Keyingi yig'in 25 iyuldan 3 avgustgacha davom etib, yig'inda asosan nazorat-sinov uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
 
Jamoa tarkibidagi o'zgarishlar haqida to'xtaladigan bo'lsak, bir qator yangi futbolchilar jamoa ko'rigida ishtirok etishdi va ular jamoa tarkibida ro'yhatdan o'tkazildi. Xususan hammamiz uchun yaxshi tanish bo'lgan, Superliga klublarida o'ynab, muxislar mehrini qozongan Suxrob Qobilov, birinchi davrani "G'ijduvon"jamoasiga o'tkazgan Doston Fozilov, "Paxtakor" klubi  akademiyasidan Ulug'bek Hoshimov, shuningdek To'lqin Umarov, Baxrom Narzullaev, Sardor Asqarov, Valijon Jo'raev bilan shartnoma imzolandi. 


"Labsa" jamoasini quyidagi futbolchilar tark etdi:

1. Firdavs Asadov.
2. Feruz Mo'yinov.
3. Ahadjon Qahhrov.
4.Sardorbek SHaripov.

“Labsa" PFK Matbuot xizmati (Akbar Mirzaev)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика