Bilasizmi? Buxoroning “Labsa” jamoasi Farg'onadagi uchrashuvga zaxira futbolchilarisiz bordi
18 okt 2018 15:04
Yangiliklar
Bilasizmi? Buxoroning “Labsa” jamoasi Farg'onadagi uchrashuvga zaxira futbolchilarisiz bordi
Liga debyutanti Buxoroning “Labsa” jamoasi aftidan boshqa jamoalar singari moliyaviy muammolarga duch kelgan ko'rinadi. Boisi “Labsa” jamoasi Buxorodan Farg'ona viloyati, Oltiariq tumaniga “Iftixor” bilan bahsni o'tkazib qaytish uchun atiga 11ta futbolchini olib borgan.
Eng qizig'i uchrashuv qaydnomasiga zaxira futbolchilari yozilmagan. Qolaversa “Labsa”ni safar uchrashuviga bosh murabbiy emas balki sport direktori Qobil Baratov olib borgani malum bo'ldi. Har xolda uchrashuv qaydnomasiga “Labsa” rahbariyati birorta ham murabbiyini ism sharifini qayd etmagani kishi etiborini tortdi.
Malumot uchun “Labsa” jamoasi hozirda 34 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi. Ularning bugungi raqibi “Iftixor” jamoasi esa 30 ochko jamg'arib, 7-o'rindan joy olgan.
Ko'ramiz, bugun buxoroliklar 11 nafar bo'lishiga qaramay “Iftixor” maydonidan ochko bilan qayta olarmikin?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar