Narimon Hasanov: “Labsa” kelajakda Superliga darajasiga etishadi"
18 okt 2018 21:20
Yangiliklar
Narimon Hasanov: “Labsa” kelajakda Superliga darajasiga etishadi"
Bugun safarda “Iftixor” jamoasi bilan yaxshi o'yin o'tkazdik deb o'ylayman. Birinchi bo'limda ustunlik biz tomonda edi, ikkita to'p farqi bilan g'alaba qozonayotgan edik. Jamoamizda bugungi uchrashuvda asosan yosh futbolchilar harakat qilishdi. Bir necha asosiy tarkib futbolchilarimiz kartochkalar va jarohat tufayli bugun maydonga tusha olishmadi.

Ikkinchi bo'limda 3 ta gol o'tkazib yubordik, bunga sabab sifatida jamoamiz futbolchilari bir oz toliqib qolganligini aytish mumkin. “Labsa” jamoasi har doim kurashadi, har bir uchrashuvga g'alaba uchun maydona chiqadi, nasib qilsa Superliga darajasiga etishadi deb o'ylayman. Mavsum yakunida qish mavsumidagi yig'inlarda Superliga klublarida ko'rikdan o'tish niyatim bor, o'z ustimda yanada ko'proq ishlayman. Jamoamiz muxlislariga har doim bizni qo'llab-quvvatlab kelayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar