Narimon Hasanov: "Labsa" endi "uyg'onmoqda"

Narzulla Saydullayev
10 may 2018, 21:50
PRO-liganing 8-turidan o'rin olgan "Sherdor" - "Labsa" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar vakili Narimon Hasanov championat.asia saytiga intervyu berdi.

"Bugungi o'yin juda shiddatli kechdi. Qiyin bo'lishini bilardik. Kubok doirasida "Sherdor" bilan o'ynagandik. Yaxshi jamoa.
O'yindan-o'yinga futbolchilarning bir-birlarini yaxshi tushunishi evaziga g'alaba qozondik deb o'ylayman. "Labsa" jamoasi endi "uyg'onmoqda" desak ham bo'ladi.

Xudo xohlasa keyingi o'yinlarga ham shunday qattiq tayyorgarlik ko'rib g'alaba qozonamiz deb o'ylayman.

Keyingi turni o'z maydonimizda "Nurafshon" klubiga qarshi o'tkazamiz. Albatta unga juda katta tayyorgarlik ko'ramiz. Umid qilamanki g'alaba qozonamiz", - deydi Narimon Hasanov.

Akbar Mirzaev yozib oldi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia