So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  3 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13

PRO-Liga. G'ijduvonda Buxoro derbisi bo'lib o'tdi Yangiliklar

PRO-Liga. G'ijduvonda Buxoro derbisi bo'lib o'tdi

Teglar :  G'ijduvonLabsa
PRO-Liganing 17-turida “G'ijduvon” va “Labsa” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, dastlabki daqiqalardonoq har ikki jamoa o'yin tizginini o'z qo'liga olishga harakat qildilar. Uchrashuvning 13-daqiqasida “Labsa” jamoasi yarim himoyachisi Narimon Hasanovning  o'ng qanotdan tashkil etgan hujumi xavfli ko'rinish hosil qildi, “G'ijduvon” posboni joy tanlashda adashmadi va to'pni egallab oldi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida “G'ijduvon” jamoasi xavfli hujum tashkil etdi, lekin himoyachilar hujumni bartaraf etishdi.

Birinchi bo'lim so'ngi daqiqalarida “Labsa” jamoasida qulay imkoniyat yuzaga keldi, lekin raqib jamoa posboni to'pni egalaba, hujumdagi keskinlikni bartaraf etdi.
Birinchi bo'lim 0-0 hisobida yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim har ikkala jamoa faolligi ostida boshlandi. Uchrashuvning 50 daqiqasida xakam “Labsa” futbolchisi Oybek Boboev o'z jarima maydonida qo'l bilan o'ynadi deb baholadi va 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. “G'ijduvon” futbolchisi  Azizbek Murodov 11 metrlik jarima zarbasini bexato amalga oshirib, hisobni 1:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.

Uchrashuvning 63 daqiqasida ikkinchi bo'limda maydonga tushgan “Labsa” futbolchisi Jasurbek Sayliev raqib darvozaboni bilan yakkama yakka vaziyatga chiqib bordi, lekin imkoniyatdan foydalana olmadi.


Uchrashuvning  68-daqiqasida hisob tenglashdi.   “Labsa” futbolchilarining maydon markazidan uyushtirilgan xujumi gol bilan yakunlandi. Bu vaziyatda  Saidjon Ashurov rakib posboni ustidan chiroyli tarzda to'pni o'tkazib hisobni tenglashtirdi.

Goldan so'ng “Labsa” futbochilari xujumkorlikni oshirishdi.  Ketma-ket hujumlar uyushtirilgan bo'lsada, “G'ijduvon” jamoasi posboni Iskandar Mo'minov yaxshi o'yin ko'rsatib, jamoasini goldan saqlab qoldi.

Uchrashuvning  83-daqiqasida “G'ijduvon” futbolchisi Nuriddin Raxmatullaev “Labsa” xujumchisi Jasur Saylievga nisbatan qo'pol harakat kildi.  Uchrashuv bosh hakami Dmitriy Klepikov Nuriddin Rahmatullaevni to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka bilan jazoladi.

Ikkinchi bo'limga besh daqifa qo'shib berildi. Qo'shib berilgan daqiqalarda har ikkala jamoa o'yinda g'alab qozonish uchun astoydil harakat qilgan bo'lsalarda uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi.

Buxoro derbisi 1:1 ko'rinishida durang natija bilan yakuniga etdi.

PRO-Liga.  “V” guruhi. 17-tur.
 “G'ijduvon” – “Labsa”  1:1 (0:0)
Hakamlar: 
Dmitriy Klepikov, Xasan Nabiev, Daler Tilloev.
Nazoratchi – Rahmatullo Qoratoev.
Komissar – Baxtiyor Mametov.
Gollar: Azizbek Murotov 50 penalti, - 1:0,  Saidjon Ashurov 68 1:1.
"G'ijduvon": Iskandar Mo'minov, To'lqinjon Umarov, Azizbek Murotov, Bahrom Narzullaev, Abbos Ikromov, Nuriddin Rahmatullaev, Jamshid Hasanov, Ravshan Yangiev, Ohunjon Sayfiddinov, Mironshox Ramazonov, SHavkat Rahmatov
Zaxira: Og'abek CHoriev, Rahmatilla Rahmatillaev, Saiddoston Fozilov, Xurshid SHodiev, Dadaxon Ziyatov, Jahongir Ismoilov
"Labsa": SHahzod SHamsiddinov, Oybek Boboev, Saidjon Ashurov, Komil Samiev, Feruz Mo'yinov, Sardorbek SHaripov, Farmonbek Hasnov, Javohir SHodmonov, Islom Xoliqov, Narimon Hasanov, Elshod Dilmurodov
Zaxira: Rustam Rajabov, Xurshid Hasanov, Jasur Sayliev, Javohir Jumaev, SHahzod Beshimov, Nozim Ashurov, Bekzod Saidov



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика