Pro liga yangi mavsumiga 21 fevralda qura tashlanadi
18 fev 2023 17:55
Yangiliklar
Pro liga yangi mavsumiga 21 fevralda qura tashlanadi
O'zbekiston Professional futbol ligasi Pro liga musobaqasining 2023 yilgi mavsumi uchun 21 fevral sanasida qura tashlaydi.
Jarayon "UzReport" telekanali orqali 19:00 dan boshlab jonli efirga olib chiqiladi.
Pro liganing joriy mavsumida 11 ta klub g'oliblik uchun kurash olib boradi. Musobaqa formati bilan mazkur reglament orqali tanishib olish imkoniyati mavjud.
Liga rejasiga ko'ra, Pro liganing yangi mavsumi 15 mart kuni start oladi. Klublar 28 fevralga qadar futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkazish imkoniyatiga ega.
O’xshash yangiliklar
19:18
"Yigitlarga motivaciya berish shart emasdi, chunki titul o'rtaga tikilgandi" - Nodir Eliboev 0
Fikrlar