So’nggi yangiliklar

22:38Вадим Абрамов: "Биринчи таймда масалани ҳал қилдик"  1 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  9 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:12"Челси" — "Ливерпуль". Бироздан сўнг бошланадиган ўйиннинг асосий таркиблари билан танишинг  25 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  98 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  16 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  32 18:53Суперлига. "Динамо" Термизда ишончли ғалабага эришди  12 18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  34 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  2

PRO Liga. Timur Ismailov: "Xorazm" jamoasi muxlislariga minnatdorchilik bildiraman Yangiliklar

PRO Liga. Timur Ismailov: "Xorazm" jamoasi muxlislariga minnatdorchilik bildiraman

PRO Liga musobaqalari vaqtincha to'xtatilgan.

Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib saytimiz muxbirlari PRO-Liga jamoalari futbolchilari bilan intervyular tashkil etishmoqda. Quyida Urganchning "Xorazm" klubi azosi Timur Ismailov bilan tashkil etilgan intervyuni etiboringizga havola etamiz.

- Timur, "Xorazm" jamoasi joriy mavsumda O'zbekiston kubogi musobaqasida 1 ta va PRO-Liganing 2 ta tur uchrashuvlarini o'tkazdi. Sizni ushbu o'yinlarda maydonga tushmadingiz, bunga sabab nima?


- Mavsum avvalida tashkil etilgan mashg'ulotlarda olgan jarohatim tufayli ushbu uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. Ayni damda hammasi joyida, navbatdagi uchrashuvlarga to'liq tayyorman deb ayta olaman.

- Bizga malum, siz futboldagi faoliyatingizni himoya chizig'ida boshlagansiz. Keyinchalik sizni hujumchi sifatida ko'rmoqdamiz. Buni qanday izohlaysiz?


- To'g'ri, dastlab himoya chizig'ida o'ynar edim. "Xorazm" jamoasining avvalgi murabbiyi Aleksandr Ejov meni ko'proq hujumchi ampulasida o'ynatgan. SHundan keyin o'zim ham hujum chizig'iga moslashib ketdim.

- "Xorazm" jamoasi hujum chizig'ida raqobat qanday?

- Nafaqat hujumda, balki jamoamizning har bir chizig'ida raqobat juda kuchli. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, o'yinlarga to'liq tayyor bo'lgan futbolchi maydonga tushadi.

- Kelajakdagi maqsadlaringiz qanday?


- Albatta, kelajakda "Xorazm" jamoasining g'alabalariga o'z hissamni qo'shish, o'yinlarimni yanada o'stirib, yaxshi natijalar ko'rsatish kabi maqsadlarim bor. SHu o'rinda jamoamiz muxlislariga bizni muntazam qo'llab-quvvatlab kelayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.



Timur Ibragimov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика