So’nggi yangiliklar

19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  11 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   3 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  20 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  1 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  6 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3

Pro liga. Ramziy jamoa, eng go'zal va "kasal" gollar, murabbiylardan iqtibos va boshqalar Yangiliklar

Pro liga. Ramziy jamoa, eng go'zal va "kasal" gollar, murabbiylardan iqtibos va boshqalar

Teglar :  Pro liga
Pro liganing yakunlangan mavsumini sarhisob qilamiz.

CHempion: "Lokomotiv"

Denis Korostichenko shogirdlari mavsum davomida peshqadamlikka loyiq ekanligini isbotlab, muddatidan avval Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bir yillik tanaffusdan so'ng "temiryo'lchilar"ni yana yuqori divizionda ko'ramiz.

Superliga ishtirokchilari: "Lokomotiv" va "Dinamo"

Toshkentliklar ortidan navqiron shahar jamoasi ham qadrdon elitaga qaytdi. Umuman olganda, o'tgan mavsum Superliganing quyi uch pog'onasini egallagan klublar joriy mavsum Pro liganing yuqori uchligini zabt etishdi. Faqatgina "Qo'qon-1912" pley-off bahslarida ishtirok etishiga to'g'ri keladi.

Pley-off ishtirokchilari: "Qo'qon-1912", "Mashal", "SHo'rtan"

Pley-offning dastlabki bosqichida turnir jadvalida 4 va 5-o'rinlarni egallagan Qashqadaryoning ikki jamoasi kuch sinashadi. Mazkur bahs g'olibi vodiyliklarga qarshi maydonga tushadi. Ushbu to'qnashuvda ham qo'li baland kelgan jamoa Superligada 12-o'rinni egallagan jamoa bilan o'tish o'yinida ishtirok etadi.

Birinchi ligaga tushib ketgan jamoa: "Andijon-SGS"

Andijonliklar mavsumning dastlabki qismida yomon taassurot qoldirmagandi, biroq keyinchalik ularning  ishlari ortga qarab keta boshladi va ko'pgina o'yinlarda yirik hisoblarda yutqazib, liga bilan xayrlashdi.

Mavsum kashfiyoti: "Aral"

Qoraqalpog'iston jamoasi maydonida "Barselona" ham qiyinchilikka duch keladi, desak mubolag'a qilmaymiz. Birinchidan, klub suniy qoplamali maydonda to'p tepadi va bu ko'pgina jamoalar uchun noqulaylik tug'diradi. Mezbonlar esa bunga moslashib ulgurgan. Ikkinchidan, o'z hududida va muxlislari qarshisida boshqa jamoalar singari "Aral" ham hech kimga "uloq"ni berib yuborgisi kelmaydi va jon-jahdi bilan kurashadi. Nukusliklar o'z maydonida faqatgina "Dinamo"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Biroq mezbon sifatida Pro liga chempioni "Lokomotiv" va etakchilardan hisoblangan "Mashal"ni mag'lub etishni uddaladi. Bundan tashqari, Nematillo Quttiboev shogirdlari O'zbekiston kubogi guruh bosqichida Superliganing amaldagi chempioni "Paxtakor"ni mag'lub etdi, yana bir yuqori elita vakili "So'g'diyona" bilan safarda durang o'ynadi hamda Birinchi liga jamoasi "Do'stlik"ni yirik hisobda engib, guruhda birinchi o'rinni egalladi. Afsuski, nukusliklar keyingi mavsum ham yana Pro ligada ishtirok etishiga to'g'ri keladi.

Eng ko'p tomoshabin tashrif buyurgan o'yin

16-tur

"Dinamo" 0:0 "Lokomotiv" (6800 nafar tomoshabin)

Eng kam tomoshabin tashrif buyurgan o'yin

6-tur 

"G'ijduvon" 3:1 "Andijon-SGS" (89 nafar tomoshabin)

To'purarlar jadvali

Ramziy jamoa

Darvozabon

Abdumavlon Abdujalilov — "Lokomotiv"

"Temiryo'lchilar" posboni mavsum davomidagi ishonchli xatti-harakatlari bilan jamoasining chempionligiga munosib hissa qo'shdi. 29 yoshli golkiper 19 o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan atigi 11 marotaba to'p o'tkazib yubordi. SHu bilan birga, ikki marotaba raqib jamoaning 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirishiga to'sqinlik qildi. Abdujalilov turnir davomida 2ta o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Himoyachilar

Oleg Zoteev — "Lokomotiv"

CHap qanot futbolchisining yoshi o'tib borayotganiga qaramay, muhim o'yinlarda tajribasi qo'l kelmoqda. 34 yoshli o'yinchi 17 uchrashuvda "qizillar" sharafini himoya qilib, mudofaa qo'rg'onini mustahkamlash bilan birga bitta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi. Zoteev turnir davomida 2ta o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Andro Giorgadze — "Mashal"

Gruziyalik o'yinchi muborakliklarga tezda moslashib ketdi. 15 uchrashuvda harakat qilgan 27 yoshli futbolchi raqib golini oldini olish bilan bir qatorda ularga 4 ta gol sovg'a qildi. Giorgadze turnir davomida 3ta o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Xurshid Ubaydullaev — "Dinamo"

Samarqand klubining yil davomida bor-yo'g'i 11ta gol o'tkazib yuborishida mudofaa vakili Ubaydullaevning hissasi katta. Bundan tashqari, Xurshid bir marotaba gol nishonlash baxtiga muyassar bo'lib, ikki marotaba sheriklarini shunday sharafga etishishi uchun hissa qo'shdi. SHu bilan birga, 1 o'yinda eng yaxshisi deb topildi.

Islom SHaripov — "Yunired"

Samarqandliklar yana bir futbolchi mudofaa bilan bir qatorda goleadorlik qobiliyatini ham namoyish eta oldi. Garchand uning jamoasi yuqori pog'onalarni egallamagan bo'lsa-da, 28 yoshli futbolchi 6 gol va 1 ta golli pas bilan "Yunired"ning ligada jon saqlab qolishida munosib rol o'ynadi. SHaripov turnir davomida 2ta o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  

Yarim himoyachilar

Salamat Quttiboev — "Aral"

O'z vaqtida Superliaganing bir qator klublarida to'p tepgan, qolaversa, O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan 37 yoshli futbolchi jamoasining Pro liga va O'zbekiston kubogidagi ishtirokida ancha ter to'kdi. Raqib darvozasiga bir marotaba yo'l topishni uddalagan tayanch futbolchisi yil davomida 3ta o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  

Dilshod Rahmatullaev — "Dinamo"

Markaziy yarim himoyachi boy tajribaga ega ekanligini futbol muxlislari yaxshi bilishadi. 34 yoshli o'yinchi joriy mavsum ham 4ta gol va 5 ta assist qayd etib, 2ta o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Doniyor Ismoilov — "Qo'qon-1912"

O'ng qanot vingeri joriy mavsum jami 19 uchrashuvda maydonga qadam ranjida qilib, 6 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va 2ta golda sheriklariga uzatma amalga oshirdi. Futbolchi ikkinchi davrada ko'proq zaxiradan maydonga tushirildi, biroq bu uning ko'rsatkchilariga unchalik tasir o'tkazgani yo'q. Ismoilov turnir davomida 2ta o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  

Anvar Hojimirzaev — "Qo'qon-1912"

Pro liga to'purari joriy mavsum har tomonlama o'z iqtidorini namoyon eta oldi. Ayniqsa, uning uzoq masofadan yo'llagan ajoyib zarbalariga ko'p marotaba guvoh bo'ldik. Maydonda De Bryyune vazifasini bajaradigan futbolchining o'yini bilan birga tashqi ko'rinishi ham belgiyalik yulduzni yodga soladi. Mavsumda 16ta gol urgan 29 yoshli hujumkor futbolchi 6ta assist bilan bu borada ham eng yaxshisi bo'ldi. Hojimirzaev turnir davomida 4ta o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Hujumchilar

Sergey Petrov — "Mashal"

Hujum chizig'ida tanlashda nomzodlar ko'p edi. Deyarli har bir klubning oldingi chiziq vakili bu borada mardi maydonga chiqa olardi. Biz esa nisbatan ko'proq mahorat ko'rsata olgan futbolchilarni tashladik. Ukrainalik hujumchi mavsum davomida muborakliklar tomonidan kiritilgan to'plarning salkam yarmiga mualliflik qildi. Ligada 10ta golni hisobiga yozdirib qo'ygan hujumchi jamoadoshlariga 2ta golli uzatmasi berdi. Petrov turnir davomida 3ta o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Joel Kojo — "Dinamo"

Qirg'iz Respublikasi sharafini himoya qilayotgan kelib chiqishi ganalik bo'lgan yosh futbolchi O'zbekistonda ham o'z iqtidorini ko'rsata oldi. 25 yoshli yigitcha hisobida 17 uchrashuvda 11ta gol va 2ta assist mavjud. Kojo turnir davomida 5ta o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Yodda qolarli uchrashuvlar

1-tur

"SHo'rtan" 3:3 "Qo'qon-1912"

6-tur 

"Qo'qon-1912" 2:3 "Lokomotiv"

7-tur 

"Andijon-SGS" 3:2 "SHo'rtan"

9-tur 

"Dinamo" 3:3 "Qo'qon-1912"

16-tur

"Qo'qon-1912" 5:3 "Andijon-SGS"

17-tur

"Yunired" 2:3 "Mashal"

19-tur

"Navbahor-Farm" 3:2 "Yunired"

22-tur

"G'ijduvon" 1:8 "Qo'qon-1912"


CHiroyli gollar

Ibrohim No'monov ("Andijon-SGS" — "Mashal")

Oleg Zoteev ("SHo'rtan" — "Lokomotiv")

Vohidjon Oqbo'taev ("Dinamo" — "Xorazm")

Aleksandr Merzlyakov ("Qo'qon-1912" — "Andijon-SGS")

Islom SHaripov ("Yunired" — "G'ijduvon")

Abubakir Mo'ydinov ("Yunired" — "Dinamo")

Muhriddin Zoirov ("Dinamo" — "SHo'rtan")

Bobur Jo'raqulov ("Qo'qon-1912" — "G'ijduvon")

Muhriddin Zoirov ("SHo'rtan" — "Mashal")

Joel Kojo ("Xorazm" — "Dinamo")

Sizningcha, qaysi gol chiroyliroq?


Antiqa gollar

Sergey Petrov ("Yunired" — "Mashal")

Anvar Hojimirzaev ("Qo'qon-1912" — "Andijon-SGS")

Komiljon Tojiddinov ("G'ijduvon" — "Navbahor-Farm")

Islom Boysariev ("Yunired" — "G'ijduvon")

Sizni qaysi gol ajablantirdi?

Mavsum davomida murabbiylardan esda qolarli iqtiboslar

Denis Korostichenko ("Lokomotiv" bosh murabbiyi)

Ushbu mavsum Pro ligada kuch borasida hech qaysi jamoa "Lokomotiv"dan kuchli emas. Boshqa hech nima deyishni istamayman.

Siz ro'lda bo'lib, o'yinga kelyapsizmi, demak, maksimal harakat qila olmaysiz.

Nega yoshlar hozir o'smayapti? Muammolari katta? Rivojlanishdagi asosiy muammolardan bittasi, faqatgina klubda emas, uning oilaviy hayotida ham bor. Kechagina klubdagi inson bilan bu borada gaplashgandim. Oldinlari ko'chada 7-8 soatlab to'p tepib yurgan bolakay hozir shuncha vaqtini telefonlar, planshetlar, mobil o'yinlar uchun sarflamoqda.

Raqib jamoa ishqibozlari sizga qarsak chalishi juda yoqimli.

Abdumavlon Abdujalilovni Abdumavlon Abdujalilovga o'xshataman.

Vadim Abramov ("Dinamo" bosh murabbiyi)

Birinchi taymda biroz futbol bo'lgandi, ikkinchi taymda gol o'tkazib yuborganimizdan keyin futbol tugadi. 

"Dinamo" Oliy divizionga birinchi marta qaytayotgani yo'q.

Etibor bergan bo'lsangiz bungacha vaqt cho'zgan futbolchini almashtirdim. O'yinchilar bazida futbol ayyorliklaridan foydalanishadi. Men ko'rsatma berganim yo'q, ammo bunga qarshi ham emasman.

Mag'lubiyatsiz seriyamiz 22ta o'yinga etgani yoki "Loko" bu mavsum 3-o'yinda ham bizni mag'lub eta olmagani bu qanchalik quvonarli bilmayman, ammo shunaqa seriyamizga qaramay turnir jadvalida raqobatchilardan o'zib keta olmaganimiz, aksincha ulardan biroz ortda ekanimiz men uchun g'alati.

Bizning faqatgina hakamlar orqali yutayotganimizni aytishganidan keyin mana nimalar bo'ldi.

Bizga Samarqandda klub uchun qarorgoh qurishni, infratuzilma barpo qilishni vada qilishgan. Samarqand kabi go'zal shaharlarda yaxshi futbol jamoasi bo'lishi kerak.

Muhsin Nizomiddinov ("Qo'qon-1912" bosh murabbiyi)

"Xorazm" bilan futbol o'ynab bo'lmaydi.

Futbolda 1:0 hisobidagi g'alabaga ham, 10:0 hisobidagisiga hamm 3 ochko beriladi.

Futbolda 16 yoshli o'yinchi ham, 40 yoshli o'yinchi ham futbolchi sanaladi.

Nortojiev o'tkazib yuborgan zarbani Oliver Kan ham qaytara olmasdi.

Bir marta hakamlar to'g'risida gapirganman, boshqa bu haqda og'iz ochmayman. 

"Dinamo" hakamlar yordamida Pro liga o'yinlarini yutyapti. Ular bejizga 2-o'rinda borishayotgani yo'q. Bunaqada o'zbek futboli rivojlanmaydi. 

VAR tizimi Pro liganing markaziy o'yinlarida bo'lishi kerak. Ikkita Superliga yo'llanmasini maqsad qilgan jamoa o'ynayapti, bo'lishi kerak. SHuning negizida norozilik kayfiyati kelib chiqayapti. Kulguli xolat: dastlab maydon markazini ko'rsatishdi, keyin bekor qilishdi. Vaziyatni qaysi VAR orqali ko'rishdi?

Hech qachon hakamdan nolimaganman va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Ular ham tirik jon, hamma ham xato qiladi.

Asror Aliqulov ("Mashal" bosh murabbiyi)

Penalti belgilandi va shundan so'ng futbol ko'rmadik.

Muxlislikda ham madaniyat bo'lishi kerak. Raqib jamoa manziliga haqorat ishlatish kerak emas. Biz mehmondo'st xalqmiz. 

Qachonki ikki jamoa g'alaba uchun o'ynaganda edi, jangovar desak bo'lardi. SHu sababli jangovar durang deyish bu bahsga mos tushmaydi.

Anvar Berdiev ("SHo'rtan" bosh murabbiyi)

Futbolchi raqibning kuchini hisobga olgan xolda maydonga tushishi kerak.

Himoyachi 90 daqiqa yaxshi o'ynab, 91-daqiqada gol o'tkazib yuborsa, ayblanadi.

Agarda murabbiy futbolchilik faoliyatida hujumchi bo'lmagan bo'lsa, u boshqarayotgan jamoada hujumchilar bilan ishlaydigan murabbiy bo'lishi lozim.

O'yinni hakam hushtagi boshlaydi va tugatadi.

Hech qachon zaxiradan tushayotgan futbolchidan hisobni ushlab qolish uchun o'ynashini so'ramayman.

"Xorazm"ga qarshi o'yinda Yunusovga berilgan vaziyat qizil bo'lsa, Zoirovda jarima maydoni ichkarisida yuzaga kelgan xolatda kartochka bo'lmasa, demak men futbolda hech narsani tushunmas ekanman.

Ruslan Ahmedov ("Xorazm" bosh murabbiyi)

Futbolda ko'p narsa moliyaviy imkoniyatlarga bog'liq.

Futbolni aldab bo'lmaydi.

Jamoa ahzolari birinchi davrada bir so'm oylik olgani yo'q. SHu bois jamoaga saviyali futbolchilarni chaqira olmaymiz.

Hamma erda natija uchun vaqt cho'ziladi, hatto Jahon chempionatida ham. 

"Xorazm"da selekciya bo'yicha xato bo'lgan. Moddiy texnik bazamiz yaxshi bo'lmagani tufayli kuchli futbolchilar bizga o'tmayapti. "Ko'chada qolganlar"ni terishga majbur bo'lyapmiz.

Rashid G'ofurov ("Navbahor-Farm" bosh murabbiyi) 

Hech qaysi jamoa bizga qarshi 11 nafar mahalliy o'yinchisini maydonga tashlay olgani yo'q. 

Oldida maqsadi bor jamoaga hakamlar yordami shart emas.

O'yinda hakamga imkoniyat qoldirmaslik kerak. 2-3 ta gol ur, unga og'irlik tushmasin.

Genaddiy Kochnev ("G'ijduvon" bosh murabbiyi)

Ikkinchi taymda nimalar yuz berdi? Ochig'i, shok holatidaman. 

Bunday o'yindan keyin nima deyish mumkin... To'g'risini aytsam, yaxshi so'zlar ham topa olmayapman. Ertalab soat 5dan yo'lga chiqqanimizni, tarkibdagi bir qancha futbolchilarning rulda bo'lganini inobatga olsak, kimnidir ayblashni istamayman. 

Ushbu mavsumda jamoaga yangi kelgan futbolchilarga hali ekipirovkalar berilmagan. Ko'rganingizdek, o'yinarga lo'lidek kelyapmiz.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика