So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Pro liga. Turnir tarixida ilk marotaba VARdan foydalanilgan markaziy o'yinda "Qo'qon-1912" va "Dinamo" murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

Pro liga. Turnir tarixida ilk marotaba VARdan foydalanilgan markaziy o'yinda "Qo'qon-1912" va "Dinamo" murosa ko'chasini tanladi

Pro liganing 20-turiga start berildi.

09.10.2023/18:00

"Qo'qon-1912" — "Dinamo" 0:0

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin

Zaxira hakami: Olim To'ychiboev

VAR: Akobirxo'ja SHukurullaev

AVAR: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Fayzullo Hasanov

Komissar: SHohrux Said

"Qo'qon-1912": 69.Rustam Nortojiev, 24.Jasur O'runov, 16.Artyom Filiposyan, 20.Iqboljon Malikjonov, 11.SHahzodbek Beshimov (14. Doniyor Ismoilov, 64), 3.Bobur Akbarov (c), 25.Asadbek Zokirjonov, 10.Anvarjon Xojimirzaev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 7.Jamshid Hasanov (44.Farhod Mirahmadov, 80), 8.Sanat SHixov (18.Bobur Sobirov, 80).
Zaxira: 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 4.Azamat Isroilov, 9.Islombek Isoqjonov, 5.Abduxoliq Qurbonov, 30.Ibrohimjon Muxtorov, 77.Murodjon Komilov.

"Dinamo": 25.Ravshanbek Yagudin, 3.Ulug'bek Abdullaev, 7.Fransis Narx, 10.Joel Kojo, 13.Javlonbek Malikov (14.Bahodir Nasimov, 60), 17.Salim Mustafoev, 18.Dilshod Ramatullaev (99.Muhammadbobur Asadullaev, 89), 22.Mirg'iyos Sulaymonov (11.Yudai Koike, 46), 30.Abubakir Mo'ydinov (9.Hazratjon Tursunqulov, 78), 44.Dushan Miyich, 77.Vohidjon Oqbo'taev
Zaxira: 1.Farxod Rahmatov, 5.Doston Foteev, 19.Elnurbek Saitmuratov, 27.Murodjon Toshmatov, 33.Valeriy Akopov.

Ogohlantirishlar: Fransis Narx (11), Iqboljon Malikjonov (38), Jasur O'runov (62), Joel Kojo (65), Jamshid Hasanov (65), Ulug'bek Abdullaev (68), Salim Mustafoev (75)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. Qo'qonliklarning hujumi Pro liga roligining namoyish etilishi bilan yakunlandi. O'yin qanday hisobda yakunlanishi borasida taxminlaringizni qoldirishingiz mumkin. Sport TV, sen yolg'iz emassan.

85. Mustafoev yirtilgan paypog'iga achingan holda uni hakamga ham ko'rsatdi. Hakam esa uning dardini eshitgani shifokorlar borligini takidladi.

80. Biroz avval mehmonlar o'zgarishga qo'l urgandi, endi mezbonlar yangi kuchlarni maydonga tashladi.

75. Mustafoev qanday futbolchi ekanligini bilmadim-u, lekin undan yaxshi kurashchi chiqishiga hakam ham tan berib yubordi.

73. Nortojiev darvoza to'rlarini raqib tepgan to'pdan himoyaladi.

68. Hakam kartochkalar bo'yicha akciya elon qildi, futbolchilar esa bundan unumli foydalanishga harakat qilmoqda.

65. Uchrashuvning qiziq nuqtasiga etib keldik: futbolchilar janjallashishmoqda.

62. Jasur O'runov jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, ogohlantirishlar bo'yicha.

59. Kojo biroz avvalgi hujumga noaniq javob qaytardi.

58. Hojimirzaevning zarbasini qaytargan Yagudin qo'lqoplari iflos bo'lganidan g'azablandi.

55. "Qo'qon-1912" futbolchisi Modrich uslubidagi pasini o'xshata olganda, Pro ligada o'ynab yurgan bo'lmasdi. 

52. Mo'ydinovning uzatmasidan so'ng sherigi maydon ortida o'zini tasvirga tushirayotgan operatorni darvozabon deb o'yladi.

48. SHixovning uzatmasidan so'ng "Qo'qon-1912" posboni nima maqsadda oldinga otilib chiqqanini unutib qo'ydi, uning baxtiga vazifasini unutmagan himoyachilar xavfni bartaraf etdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+3. Penalti otmen, o'yin davom etadi, deyishim bilanoq hakam birinchi bo'limga yakun yasadi.

45+1. Hakam dastlab "Dinamo" darvozasiga penalti belgiladi, so'ngra ofsayd qayd etdi, oxiri hech qaysingga ishonmayman deya, VARga murojaat qildi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. Yagudin ketma-ket ikki vaziyatda jamoadoshlarini dard chekishdan saqlab qoldi. Menimcha, shundoq ham chekmasa kerak ular.

38. Malikjonov voleybol uslubida chiroyli harakat amalga oshirilgani uchun hakamning maxsus kartochkasi bilan taqdirlandi.

34. ZARBA! Kojoning bosh bilan yo'llagan to'pi darvozaning peshonasidan chertib, ortga qaytdi.

30. Narxning zarbasi narigi mahallaga qarab ketdi.

26. Nortojiev parklardagi kuch o'lchagichdan ko'p foydalanganini raqib zarbasi payti isbotladi.

23. "Dinamo" futbolchisi nafaqat o'yindan, balki maydondan tashqarida qolib ketdi.

19. "Qo'qon-1912" futbolchilarining ketma-ket ikki zarbasi mehmon himoyachilarning uchrashuvdan so'ng mushaklar og'rig'ini qoldiruvchi dorilar reklamasini tomosha qilishga majbur etsa, ajabmas.

13. Miyich qorin bilan Xojimirzaev maydonga qulatdi.

11. Hakam Narxning raqibga nisbatan xatti-harakatidan so'ng cho'ntagidagi qog'ozi bilan futbolchi familiyasining sifatini pasaytirib yubordi.

8. "Qo'qon-1912" futbolchisi Sulaymonovga nisbatan daraxtlarimizga nisbatan qilinayotgan ishni amalga oshirdi, oqibatda jarima zarbasi belgilandi.

5. Beshinchi daqiqada Beshimov qanotdan oldinga bordi, biroq uning oltinchi tezliqqa chiqishiga raqib himoyachisi yo'l qo'ymadi.

1. Saudiya Pro ligasi darajasidagi O'zbekiston Pro ligasi uchrashuviga start berildi. Kuzatamiz, "Dinamo" safardan yutib ketarmikan yo Qo'qon patirini eb ketarmikan.

Ayni damda turnir jadvalidagi holat.


Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Bugun "Qo'qon-1912" ko'k, "Dinamo" oq rangli libosda harakat qiladi.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun tarixda ilk bor Pro ligada VARdan foydalanilmoqda. Undan ham muhimroq yangilik bor. Bugun, shuningdek, tarixda ilk bor Pro liga uchrashuvi matnli translyaciya qilinmoqda. SHunday ekan, diqqatimizni bugungi uchrashuvga qaratsak, arziydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика