So’nggi yangiliklar

14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  0 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  20 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  23 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2

Pro-Liga. “Istiqlol” o'z maydonida “SHo'rtan”ni mag'lubiyatga uchratdi (to'liq sharh) Yangiliklar

Pro-Liga. “Istiqlol” o'z maydonida “SHo'rtan”ni mag'lubiyatga uchratdi (to'liq sharh)

Pro-liganing 27-turida Farg'onaning “Istiqlol” klubi o'z muxlislari qarshisida G'uzorning “SHo'rtan” klubini qabul qildi.

Uchrashuv har ikki jamoaning faol harakatlari bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq jamoalar tomonidan yaratilayotgan xavfli vaziyatlar oxir-oqibat uchrashuvda tezkor gol urilishiga olib keldi. Uchrashuvning 12-daqiqasida maydon egalarining yosh hujumchsi Hamidullo Abduhamidov raqib jarima maydoni tashqarisida  noqulay vaziyatda turganiga qaramasdan kuchli zarba yo'llab, hisobni ochdi 1:0. Goldan ruhlangan maydon egalari hujumkorlikni yanada oshirishdi. Oradan uch daqiqa o'tib “Istiqlol” jamoasining 10-raqamli futbolchisi Elyorjon Akbarov chap qanotdan etkazib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.

SHundan so'ng har ikki jamoa raqib darvozasini ishg'ol etish uchun astoydil harakat qilgan bo'lsalarda, birinchi bo'limda darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi. Birinchi bo'lim maydon egalarining 2:0 hisobidagi ustunligi bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim boshidanoq “SHo'rtan” jamoasi futbolchilari hisobni tenglashtirish uchun oldinga intildilar. SHu kuni ko'plab vaziyatlarda mehmonlardan omad yuz o'girdi. Aksincha maydon egalari himoyada tartibli o'yin namoyish etib, raqib hujumlarini bartaraf etdilar. Uchrashuvning 75-daqiqasida “SHo'rtan” darvozaboni Mirzoxid Mamatxonov mezbonlarning 10-raqamli futbolchisi Elyor Akbarovga nisbatan qo'pol o'ynaganligi uchun, hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.  Mehmonlar uchrashuvning qolgan qismini 10 kishi bo'lib davom ettirishga majbur bo'ldilar.

Ikkinchi bo'lim so'ngi daqiqalari ham keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi, har ikki jamoa tomonidan bir qator xavfli vaziyatlar sodir etilgan bo'lsada, samara keltirmadi. Uchrashuv “Istiqlol” jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.          



Pro-Liga
27-tur
“Istiqlol” – “SHo'rtan”  2:0 (2:0)
Hakamlar
: Aziz Asimov, Sardor Nishonboev, Xusniddin Bahodirov.
Nazoratchi: I.Rahimov
Zahiradagi hakam: Javohir Hakimov
Komissar: Zohirbek Akramxonov

Gollar: Hamidullo Abduhamidov 12 (1:0), Elyor Akbarov  15 (2:0).

"Istiqlol": 12. Nodir Ashurmatov, 4. Jasur Ermamatov, 18. Obid Jo'raboev, 13. Timur Sultonov, 15, Bobur Aminjonov,  22. Sardor Telyakov, 14. Rustam Abduxamidov (5. Abduxoliq Qurbonov 90+3),77. Umid Qodirov (8. Sardor Sotvoldiev 80), 10.Elyor Akbarov (17.Anvar Hojimirzaev 79), 11. Xamidullo Abduxamidov (19.Abdulaziz Yoqubov 86), 30. Eldor Ergashev
Zaxira: 1. Islom Abdullaev, 2. Aziz Madaliev, 9.Rahimberdi Mamatkarimov, 20. Javohir Rasulov.

“SHo'rtan”: 79. Mirzohid Mamatxonov , 2.Nurali Padarov (16. Akmal Rahimov 77), 6.Xolmurod Xolmurodov,7. Olimjon Karimov , 10.Maruf Murodov, 15.Mo'minjon Meliev (20.SHaxzodbek Xursanov 72), 21.Islom Boysariev (51. Farhod O'tkurov 72), 29.Sardorbek Xursandov, 35. Alvesh Murodullaev (14.Jonibek Mirzaqulov 46), 36.Farhod Namozov, 38. Abbosxon G'ulomov (3. Muxammadali Aliqulov 80)
Zaxira: 9.Kenja To'raev,  34. Islom SHodmonov.

Ogohlantirishlar: Olimjon Karimov 17, Xolmurod Xolmurodov 43, Nurali Padarov 74, Elyor Akbarov 75, Hamidullo Abduhamidov 78, Sardor Sotvoldiev 90.

CHetlatish: Mirzoxid Mamatxonov 75

   
Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика