Pro liga. "Istiqlol" moliyaviy muammolar tufayli musobaqani davom ettira olmaydi
12 apr 2021 11:28
Yangiliklar


Pro liga. "Istiqlol" moliyaviy muammolar tufayli musobaqani davom ettira olmaydi
Klub 2022 yilgi mavsumni Birinchi ligada o'tkazish istagi bor ekani haqida ham yozgan.
Mazkur masala tegishli instanciya orqali tasdiqlangach, Reglamentning 8.9-bandiga asosan "Istiqlol" klubining joriy mavsumdagi o'yinlari natijasi bekor qilinadi. Bungacha klub 4 ta uchrashuvda ishtirok etib, ularning barchasida imkoniyatni boy bergandi: "Xorazm" 1:2, "Dinamo" 1:2, "Neftchi" 0:2, "Oqtepa" 1:3.
"Istiqlol" 2020 yilgi mavsumda ham shunday xat bilan murojaat qilgan, sabab o'rnida esa "Istiqlol" stadionidan foydalana olmayotganini ko'rsatgandi. Keyinroq O'zPFL va Farg'ona viloyati hokimligi hamkorlikda bu masalani hal qilgandi.
"Istiqlol"ning rasman musobaqadan olinishi bo'yicha tegishli tartibot amalga oshgach, bu haqda tashkilot rasmiy saytida rasman malum qilinadi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi kanalida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar