So’nggi yangiliklar

00:07"Реал" ва "Манчестер Юнайтед" Лукеба учун курашади  0 23:58ЕЧЛ. "Селтик" — "Бавария", "Фейеноорд" — "Милан" ва "Монако" — "Бенфика" ўйинларининг таркиблари маълум  1 23:21"Эвертон" — "Ливерпуль". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  3 23:08Кунденинг 2022 йилги трансфери сабаб "Барса"ни судга беришди. Агент унга 3 млн евро тўламаганликларини таъкидламоқда  1 22:45ЕЧЛ. "Брюгге" ва "Аталанта" 1/16 финалнинг дастлабки ўйинида ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  4 22:36"Челси" "Атлетико" футболчиси учун 70 млн евро таклиф қилишга тайёр  0 22:06Кай Хаверц мавсум сўнггига қадар сафдан чиқди  2 21:24Назорат ўйини. "Бухоро" Туркияда Қозоғистон жамоаси билан жанговар дуранг ўйнади  3 20:57Назорат ўйин. ОКМК Туркияда Грузия жамоаси билан жанговар дуранг ўйнади  1 20:20Деку: "Манчестер Сити" 200 млн евро сарфлади, аммо "Барселона" бунга қодир эмас"  28 19:47ЎФА навбатдан ташқари сайлов Конгресси 22 февраль куни бўлиб ўтади  7 19:28U-17 Antalya Youth Cup. Ўзбекистон U-17 марокашлик тенгқурларига мағлуб бўлди  17 19:17"Манчестер Юнайтед" "Манчестер Сити" собиқ футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 18:50"Манчестер Юнайтед" Куньяни нишонга олди  1 18:24U-20 Осиё кубоги. Хитой ва Қатар ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  9

Pro liga. So'nggi daqiqalarda uchta gol urilgan o'yinda "Dinamo" "Yangier"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Pro liga. So'nggi daqiqalarda uchta gol urilgan o'yinda "Dinamo" "Yangier"ni mag'lubiyatga uchratdi

Teglar :  DinamoYangier
Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Yangier" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 



24 mart, chorshanba
18:00 - DINAMO – YANGIER 2:1
Hakamlar:
Elyor Tursunov, SHavkat Rahmatov, Akmal G'iyosov
Nazoratchi: Ravil SHayaxmitov
Komissar: Alisher Fayziev

Gol: Faxriddin Alimov 85, 1:0, Mbek Siebatcheu 88, 1:1, Islom SHaripov, 89 2:1

"Dinamo": 1.Farhod Rahmatov, 8.Humoyun SHerbo'taev, 9.Timur Usmanov, 11.Timur Hakimov, 15.Obid Jo'raboev, 16.Jasur Hasanov, 17.Temurbek Ismoilov, 21.Muhammadqodir Hamraliev, 26.Komil SHarofutdinov, 77.Sardor Eminov, 88.Oleg Marchuk.

"Yangier": 12.Nodirjon Ashurmatov, 2.Ilhomjon Alijonov, 4.Nodirbek Yo'ldoshev, 5.Ulug'bek Xudoyberdiev, 6.Landri CHamedjeu, 7.Abdumalik Toshpo'latov, 11.Abdumalik Abdullaev, 17.Jonibek Mirzaqulov, 26.Faysal Traore, 27.Rabbim Hasanov, 29.Mbeke Siebatcheu.


YANGILASH


O'yin yakunlandi. "Dinamo" - "Yangier" 2:1. Ikki jamoaga ham ajoyib o'yin uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga besh daqiqa qo'shib berildi. So'nggi daqiqalar tom manoda jang maydoniga aylanib ketdi. SHiddat juda yuqori. 

89. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. SHARIPOOOOOOOOOOOOOOOOOOOV. "Dinamo" futbolchisi  Islom SHaripov gol urib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, 2:1

88. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. MBEKEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEE. Oradan ko'p o'tmasdan hisob tenglashmoqda. Burchakdan etkazib berilgan to'pdan so'ng uchinchi urinishda Mbeke hisobni tenglashtirdi ,1:1

88. O'ZGARISH. "Dinamo"dan Timur Usmonov o'rniga Mihaylo Udod tushdi. 

86. Goldan so'ng Ildar Sakaev shogirdlari darhol hujumga o'tishdi va burchak zarbasini ishlashdi. 

85. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. FAXRIDIN ALIMOOOOOOV.  Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Faxriddin Alimov aniq zarba bilan Nodir Ashurmatov darvozasini ishg'ol qildi. Nihoyat uchrashuvdagi ilk gol guvohiga aylandik. 

"Dinamo" kuchli pressing uyuushtirmoqda. Lekin goldan darak yo'q. 

80. OGOXLANTIRISH. "Yangier" jamoasidan Ahror Inoyatovga sariq kartochka ko'rsatildi

70. Temur Usmonov gol urdi, ammo qanot hakami ofsayd holatini qayd etgan edi...

68. "Dinamo" tarkibida o'zgarish. Temurbek Ismoilov o'rniga Islom SHaripov maydonga tushdi

65. Jasur Hasanovning o'ng qanotdan uzatgan to'pi noaniq ko'rinish oldi. 

63. Mbekega tibbiy yordam ko'rsatildi. 

"Yangier" bosimni oshirmoqda. "Dinamo" esa himoyalanishga majbur bo'lyapti. 

51. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAT. To'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Mehmonlar futbolchisining burchakdan oshirilgan to'pdan so'ng bergan zarbasi darvoza ustuniga tegdi. 

50. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAA. NODIR YO'LDOSHEEEEEEEEEEEV. Mehmonlarning futbolchisi Nodir Yo'ldoshevning jarimadan yo'llagan zarbasini "Dinamo" kiperi Farhod Rahmatov qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. 

49. "Yangier" jarima zarbasini ishladi. Gol ko'ramizmi?

45. O'ZGARISH. "Dinamo"da Temur Hakimov o'rniga Faxriddin Alimov maydonga tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. 

45+1. "Dinamo"da standart vaziyat. Biroq Sardor Eminovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. 

Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi. 

45. OGOXLANTIRISH. "Yangier"ning tajribali futbolchisi Abdumalik Abdullaevga sariq kartochka ko'rsatildi. 

36. Eminovning burchakdan etkazgan to'pini Jo'raboev darvoza tomon yo'llamoqchi edi, biroq himoyachilar hushyor o'ynashdi

35. "Dinamo" futbolchilari mehmonlarni asosan qo'pollik ishlatib to'xtatib qolmoqda. 

34. Faysal Traorening jarimadan yo'llagan zarbasi juda juda noaniq. Futbolchi buning uchun uzur ham so'rab qo'ydi. 

27. ZARBAAAAAAAAA. Faysal Traoreda kutilmagan ajoyib zarba va "Dinamo" posbonidan bunga javoban mohirona seyv. 

25. Maydon egalarining hujumlari yakuniga etayotgani yo'q. Uzatmalar aniq, lekin yakuniy zarba etishmayapti. 

20. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA. "Yangier"ning afrikalik futbolchisi Mbeke Siebetcheuning zarbasi xavfli ko'rinish oldi. Burchakdan etkazib berilgan to'pdan so'ng Mbeke boshi bilan zarba yo'llagandi. 

11. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAA. UXXXXX. "Dinamo" futbolchisining jarima to'pidan yo'llagan zarbasini raqib posboni Nodir Ashurmatov ajoyib seyv bilan bartaraf etdi. 

10. OGOXLANTIRISH. "Yangier"dan Ulug'bek Xudoyberdiev Temur Hakimovga qo'pollik ishlatgani uchun ogoxlantirildi.

Ilk daqiqalardan jamoalar shiddatli o'yin namoyish etmoqda. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Uchrashuv oldidan stadionda koncert dasturi bo'lib o'tdi. 

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика