So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  1 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  14 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Pro ligada dastlabki bosqich yakunlandi. Oldinda bizni qaynoq noyabr kutmoqda Yangiliklar

Pro ligada dastlabki bosqich yakunlandi. Oldinda bizni qaynoq noyabr kutmoqda

SHiddatli va murosasiz kechayotgan Pro liga bahslarining dastlabki bosqichi o'z yakuniga etdi.

Tan olaylik joriy yilgi chempionat saviya va daraja bobida avvalgilaridan tubdan farq qilmoqda. O'yinlarning jonli efirda translyaciya qilinishi esa muxlislarda qiziqishni yanada oshirgani aniq. Jamoalar esa shunga yarasha maydonda haqiqiy kurash olib borishmoqda. Bu yil Pro ligada o'tkinchi o'yinlarning yo'qligi, birgina qo'lga kiritilgan yoki yo'qotilgan ochko esa jamoalarning turnir jadvalidagi o'rniga tasir qilishni birgalikda kuzatib bordik. Endilikda esa bu borada biroz xulosalarni chiqarsak, jamoalarning ishtirokiga munosabat bildirsak maqsadga muvofiq bo'lardi. Demak, dastlab Superliga yo'llanmasi uchun kurashadigan birinchi to'rtlik jamoalariga nazar tashlaymiz.

"Neftchi" - Superligaga qaytishga harakat qilayotgan "Neftchi" jamoasi 28 ochko jamg'argan holda birinchi o'rin bilan kuchli to'rtlikdan o'rin oldi va Superligaga yo'llanma olish uchun kurashni davom ettiradi. Pro liga ishtirokchilari orasida jamoa eng yaxshi tarkibga ega desak mubolag'a bo'lmaydi. Mansur Saidov, Otabek Zokirov, Pavel Smolyachenko kabi mahoratli ijrochilar aksariyat uchrashuvlarda o'yin taqdirini hal qilishga erishdi. SHuningdek Eldor Ergashev, Anvarjon Hojimirzaev, Rustam Abduhamidov kabi yosh futbolchilar ham ko'p narsalarga qodir ekanligini ko'rsata olishdi. Jamoaning qayd etayotgan natijalari muxlislarda Superligaga qaytishga bo'lgan ishonchni oshirmoqda deyishimiz mumkin. Umumiy qilib aytganda "Neftchi"ning muvaffaqiyatlarini tarkibdagi saviyali va mahoratli futbolchilarning yig'ilgani bilan bog'lashimiz o'rinli bo'ladi. 

"SHo'rtan" - 26 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagan "SHo'rtan"da esa buning aksini ko'rishimiz mumkin. Kamtarin tarkibga ega, asosan mahalliy yoshlarga tayanayotgan g'uzorliklarning yutuqlarida Asror Aliqulovning hissasi katta bo'lmoqda. Tarkibda kuchli ijrochilar kam, jamoa transfer taqiqi sabab kerakli haridlarni ham amalga oshira olmadi. SHunga qaramasdan Aliqulov yosh futbolchilar bilan har bir raqibga etarlicha muammo tug'dirib ochko ishlashga harakat qilmoqda. Qaysidir manoda Asror Aliqulov kam masalliqdan mazali taom tayyorlashni uddasidan chiqa olyapti. Maydon chetidagi muammolar jamoaning o'yiniga va natijalariga salbiy tasir ko'rsatayotgani yo'q. O'tgan mavsumda "Mashal"ni Superliga sari etaklagan mutaxassis bu vazifani yana bir bor bajarishga urinib ko'radi. Ammo, xorijlik murabbiy Igor Kriushenko bilan bog'liq muammo jamoaga Superligaga chiqish yo'lida katta to'siq bo'lmasa bo'lgani. 

"Turon" - Pro ligada debyutant hisoblangan "Turon" yosh jamoa bo'lishiga qaramay o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda. Yaypanliklarning o'yinlarini kuzata turib jamoa o'z uslubiga va falsafasiga ega bo'lib borayotganini ko'ramiz. Barcha uchrashuvlarda birinchi raqam ostida harakat qilayotgan, hujumkorlikka etibor berayotgan Islom Ismoilov shogirdlari turnir jadvalida "SHo'rtan"dan bir ochko ortda qolgan holda uchinchi o'rinni egallashdi. Tarkibda mahalliy iqtidorlarga imkoniyat berilmoqda, shuningdek Superliga havosini ko'rgan Javohir Sohibov, Doniyor Ismoilov, SHukurali Po'latov kabi tajribali futbolchilar jamoa o'yinini tashkil qilishda asosiy figurulardan biri bo'ldi. Doniyor Ismoilov oldingi chiziqda bir nechta gollar urdi. Sohibov esa maydon markazida hujumni boshlovchi va raqib hujumlarini buzuvchi qora ishchi vazifasini alo darajada uddaladi. Faqatgina jamoa aksariyat o'yinlarda oxirgi daqiqalarda bo'shashishi hisobiga keraksiz gollarni o'tkazib yuborayotgani ochkolarni qo'ldan boy berishga sabab bo'lmoqda. "Turon" nimaning evaziga elitaga chiqishi mumkin? Hujumkor futbol va kuchli ishtiyoq evaziga. Bu mening shaxsiy fikrim.

"Dinamo" - Bu jamoaning kuchli to'rtlikdan muqim o'rin egallashi 14-turdan so'nggina aniq bo'ldi. "Istiqlol" bilan teng ochko jamg'argan dinamochilar to'plar nisbatiga ko'ra to'rtinchi o'rinni egalladi. Mavsum boshida jamoa Tachmurod Agamurodov murabbiyligida tayyorgarlik ko'rdi, turkmanistonlik mutaxassis "Qizilqum"ga yo'l olgach ikkita o'yinda jamoani Ravshan Ahmedov boshqardi. Yakunda rahbariyat yoshlar bilan ishlash bo'yicha etakchi mutaxassis Sergey Lushchanni taklif qildi. Natijada tarkib kuchaytirildi, bir qator tajribali futbolchilar jalb qilindi. Mahalliy yoshlardan unumli foydalanishni joyiga qo'ydi. SHarofiddin SHobirov, Muhammadqodir Hamraliev, Bekzod Ahmadjonov kabi yoshlar o'yinlarda o'zlaridan ijobiy taassurot qoldirdi. Hamralievning "Istiqlol" darvozasiga so'nggi soniyalarda kiritgan to'pi qimmatli uch ochkoni olib berdi. Oldingi chiziqda Suhrob Nurulloev hamda Oybek Nurmatovlarning harakatlari foydali bo'ldi. "Dinamo" oxirigacha Superligaga chiqish uchun kurashadi. Bunda Lushchanning tajribasi asqotishi mumkin. 

Yuqori to'rtlikka kirgan jamoalar ichida hech biri kuchsiz emas. Endilikda Superliga chiptasi uchun kurash yanada qizg'in tus oladi, noyabr esa bizga ana shunday shiddatni tuhfa etishi shubhasiz. Keyingi maqolalarimda esa quyi to'rtlik jamoalariga to'xtalib o'taman. Bizni kuzatishda davom eting.

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика