So’nggi yangiliklar

20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  5 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  4 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6

PRO-Liga, “B” guruhi. 8-turda eng ko'p muxlis Zominda Yangiliklar

PRO-Liga, “B” guruhi. 8-turda eng ko'p muxlis Zominda

Kuni-kecha PRO-Liganing 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, poyoniga o'yinlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz. Dastlab tomoshabinlar haqida so'z yuritamiz.

PRO-Liganing “B” guruhida ham 4ta o'yin bo'lib o'tdi. Undagi jami muxlislar soni 2283 (!)tani tashkil etdi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 570ta ishqiboz demakdir. Albatta bu juda ham oz ko'rsatkich hisoblanadi. “B” guruhidagi o'yinlarga tomoshabinlar tashrifi o'zi u qadar ko'p bo'lmayotganini aytish lozim.

8-turda eng ko'p muxlis Zominda kuzatildi. 8ta gol kiritilgan uchrashuvni 1290 nafar ishqiboz kuzatib borgan. Etiborlisi ushbu raqamlar eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi.

Aksincha eng kam tomoshabin kirgan o'yin – “G'ijduvon” – “Yozyovon” bahsi bo'ldi. “Navro'z” stadionida kechgan bahsga atiga 267ta ishqiboz tashrif buyurgan. Garchi “G'ijduvon” jamoasi o'z guruhida peshqadamlik qilayotgan bo'lsada, haligacha muxlislarni stadionga qaytara olmayotganini ko'rish mumkin.  

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

“NURAFSHON” – “LOKOMOTIV-BFK” - 5:0 (1:0).
Toshkent viloyati. “Do'stlik” stadioni. 345 tomoshabin.

“ZOMIN” – “XOTIRA-79”  - 8:0  (3:0).
Zomin shahri. “Markaziy” stadioni. 1290 tomoshabin.

“G'IJDUVON” – “YOZYOVON” - 3:0 (2:0).
G'ijduvon shahri. “Navro'z” stadioni. 267 tomoshabin.

“SHERDOR” – “LABSA” - 1:3 (0:2).
Samarqand shahri. “Dinamo” stadioni. 381 tomoshabin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика