So’nggi yangiliklar

14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  13 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  6 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  21 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2

PRO-Liga “A” guruhi. CHiptalarning sotuvi qanday bo'lmoqda? Yangiliklar

PRO-Liga “A” guruhi. CHiptalarning sotuvi qanday bo'lmoqda?

Teglar :  PRO-ligaCHiptalar
Bu yil yangicha formatda o'tkazilayotgan PRO-Liga musobaqasi avvalgi yillarga nisbatan qiziqarli tarzda o'tmoqda deyish mumkin.

Ayniqsa “A” guruhidagi uchrashuvlar keskin va murosasiz tarzda kechayotir. Biroq shunga qaramay, muxlislarning stadionga tashrifi u qadar ko'p bo'lmayapti. Balki O'zbekiston futbol associaciyasi Superligadagi kabi PRO-Liga o'yinlariga ham muxlislarni jalb etish uchun yangi g'oyalarni joriy etar. Quyida PRO-Liganing “A” guruhida ishtirok etuvchi 9ta jamoaning stadionlari va o'yinlarga chiqarilayotgan chiptalar xususida so'z yuritamiz.  

 “A” guruhida peshqadamlik qilayotgan “MASH'AL” jamoasi uy o'yinlarini Muborak shahridagi “Bahrom Vafoev” nomli stadionda o'tkazib kelmoqda. Ushbu stadionda jami 8ta sektor mavjud bo'lib, bir vaqtning o'zida 8500 nafar ishqibozni o'z bag'riga sig'dira oladi. O'yingoh “Mashal” klubining ixtiyorida. SHu bois “gazchilar”ning uy bahslariga chiptalarni klub o'zi sotuvga chiqaradi. Muborakdagi o'yinlarga u qadar ko'p muxlis kirmaydi. SHuning uchun ham rahbariyat 14 yoshgacha bo'lgan yigit va qizlarning uchrashuvga kirishini bepul qilib belgilagan. SHuningdek ishqibozlar klubi azolarining ham stadionga kirishi tekin. CHiptalar esa o'yin kuni 5000 so'mdan sotilmoqda. Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida egulik va ichimliklar sotuvi yo'lga qo'yilgan. “B.Vafoev” nomli stadionda ommaviy axborot vositalari uchun 40 kishiga mo'ljallangan maxsus o'rindiqlar tashkil etilganini ham aytish joizdir. O'yindan keyin o'tkaziladigan matbuot anjumani zali ham zamonaviy usulda joriy etilgani ham stadionga o'ziga xos ko'rk berib turadi. Aytgancha, Muborakdagi stadionning ikkita sektori joriy yildan boshlab, oilaviy sektorga aylantirilgan. Ishqibozlarni uchrashuvlarga jalb etish uchun o'yin oldidan shaharga afishalar qo'yib chiqiladi. Yaqinda “Mashal” – “Surxon” o'yini oldidan chiptalar narxi 10 000 so'm etib belgilanib, jamoa ramzi tushirilgan bepul futbolkalar taqdim etildi.    


 Yana elitaga qaytishga xarakat qilayotgan ammo bu maqsad yo'lida qiyinchilikka uch kelayotgan “ANDIJON” jamoasining ilgari har bir o'yiniga eng kamida 10 000ta mxlis tashrif buyurardi. Biroq “Andijon”ning so'nggi yillardagi salbiy natijalari ishqibozlarni jamoaga bo'lgan ishonchi va qiziqishini keskin pasaytirib yubordi. Har yili rahbariyat va murabbiyning almashtirilishi ham natijaning salbiy ko'rinish olishiga zamin yaratmoqda. “Burgutlar”ning bu yilgi uy o'yinlariga o'rtacha 3000-4000ta tomoshabin tashrif buyurmoqda. Joriy mavsum hisobidan hozircha Kubokdagi “Navbahor” bilan o'yinga eng ko'p tomoshabin kirgandi. “Andijon” jamoasi o'zining shaxsiy stadioniga hozircha ega emas. Bir necha yillardan buyon Andijon olimpiya zaxiralari kollejining ixtiyoridagi “Sog'lom avlod” stadionida ijara asosida o'ynab kelmoqda. Ushbu stadionda nafaqat futbol o'yinlari balki vaqti kelsa boshqa sport turlarining musobaqalari va koncertlar ham bo'lib turadi. O'yinlarga chiptalarni “Andijon” futbol klubining o'zi sotuvga chiqaradi. Undan tushgan mablag' to'laligicha klub hisob-raqamiga kelib tushadi. Malum bir foizi shartnomaga asosan Andijon olimpiya zaxiralari kollejining balansiga o'tkaziladi. CHiptalar narxi mavsum avvalida 5000 so'mdan 10 000 so'mgacha sotildi. Ammo ishqibozlarning stadionga tashrifi pasayib borayotgani uchun yaqindan buyon chiptalar narxi bir xil summada 5000 so'm qilib belgilangan. Stadionning ichida savdo-sotiq bo'yicha tashkiliy ishlar mavsum avvalida yo'lga qo'yilgandi. Keyinchalik bu jarayon negadir to'xtab qoldi. Stadionning 1-sektoridan OAV uchun 20-30 kishiga mo'ljallangan maxsus joy ajratilgan. Ishonamizki, “Andijon” yana kuchlilar safiga qaytsa, muxlislarning stadionga tashrifi keskin ortadi.

 
Termizning “SURXON” jamoasi yana katta futbolga qaytdi. Ammo uning ishqibozlari hozircha stadionga qaytmayapti. Surxondaryoda ko'p yillardan buyon professional futbol klub yo'q bo'lib ketgandi. O'tgan viloyat hokimining tashabbusi va amaliy yordami bilan jamoa yana o'z qaddini rostladi va PRO-Ligada ishtirok etib kelmoqda. Bu yil “Surxon” kuchlilar safiga chiqish uchun kurashmoqda. SHunday paytda muxlislarning qo'llab-quvatlashi jamoa uchun juda muhim. Biroq Termizdagi “Alpomish” o'yingohida kechayotgan jamoaning uy o'yinlariga ishqibozlar tashrifi o'rtacha 2000-3000ni tashkil etayotir. Jamoaning uy o'yinlariga chiqarilayotgan chiptalar narxi 5000 so'm. 14 yoshgacha bo'lgan ishqibozlar va muxlislar klubi azolari uchun stadionga kirish bepul.
             
Farg'onaning “ISTIQLOL” jamoasi uy o'yinlarini bazida “Istiqlol” bazida esa Qirguli mavzesidagi “Neftchi SK” stadionida o'tkazmoqda. Aslida jamoa “Istiqlol” stadioni bilan kelishuvga ega. Ammo malum sabablarga ko'ra, “Istiqlol” jamoasi vaqti kelsa Qirgulidagi o'yingohdan ham foydalanmoqda. Aytishlaricha endi kabi xolatlar boshqa qaytarilmaydi. Jamoaning uy o'yinlari qaysi stadionda bo'lib o'tmasin, uchrashuvga kirish bepul qilib kelinmoqda.        
     
Urganchning “XORAZM” jamoasi ham o'z muxlislarini yo'qotib qo'yganiga ancha bo'ldi. Ilgari jamoa elitada ishtirok etganida, o'yin kuni stadionga kira olmasdan, tashqarida qolib ketgan ishqibozlar bo'lardi. Keyinchalik viloyat mutasaddilari tomonidan jamoaga bo'lgan etiborning yo'qligi tufayli “Xorazm” mana bir necha yilllardan buyon PRO-Liganing doimiy ishtirokchisiga aylanib qoldi. Xorazm xalqi ham Superligani sog'ingan. Ular ham “Xorazm”ni kuchlilar safida o'ynashini istaydi. Biroq bazida xohish va istak imkoniyatga to'g'ri kelmaydi degan gap o'zini oqlamoqda. Bizga malum qilishlaricha, mutasaddilar “Xorazm” jamoasiga bu yildan etibor qila boshlagan. Moliyaviy tomondan hozircha muammoga duch kelinmayapti. Vaziyat shu yo'sinda davom etsa, bemalol ayta olamizki, urganchliklar yaqin orada yana elitaga qaytadi. “Xorazm” jamoasi raqiblarini “Yoshlik sport majmuasi”da qabul qilmoqda. O'yinga kirish bepul. SHunga qaramay, muxlislar tashrifi baribir ozchilikni tashkil etmoqda.  


 Haqqulobodning “NORIN” jamoasi ham bu yil o'z muxlislarini yo'qotib qo'ygandek taassurot uyg'otmoqda. Ligadagi debyut mavsumida “SHodlik” stadionining tribunasi ashaddiy ishqibozlar bilan har bir o'yinda deyarli to'lgan. Joriy yil esa unday manzarini ko'rayotganimiz yo'q. Imkoni bo'lsa rahbariyat “SHodlik” stadionini kapital tamirlashdan chiqarib, qilinishi zarur bo'lgan ishlarni qilib qo'yishsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Xususan VIP loja, jurnalistlarning o'yin paytida ishlashi uchun maxsus joylarni ajratish, stadionning ichida muxlislar uchun mo'ljallangan xojatxonalarni epaqaga keltirish eng asosiy omillardan ekanligini unutmaslik lozim. Boshqa talablar keyingi darajalidir. Klub rasmiylarining bizga malum qilishicha, “Norin”ning o'yinlariga 5000-10000 so'mdan chipta sotuv chiqarilmoqda.

Malum sabablarga ko'ra, elitadan quyi ligaga majburiy ravishda tushirib yuborilgan “SHO'RTAN” jamoasining bu yilgi mavsumdagi uy o'yinlariga deyarli muxlis tashrif buyuurmayapti desa ham bo'ladi. Xususan “SHo'rtan” – “Istiqlol” bahsini tomtshabin qilish uchun atiga 513ta odam tashrif buyurgan. Albatta bu o'z vaqtida nufuzi jihatidan Osiyoda ikkinchi o'rinda turadigan OFK Kubogida ishtirok etgan   “SHo'rtan” uchun ancha kam demakdir. Jamoa raqiblarini G'uzor shahridagi “Markaziy” stadionda qabul qiladi. Unda 22ta sektor mavjud bo'lib, 10500 nafar tomoshabinga mo'ljallangan. Stadionda OAV uchun 40 kishiga mo'ljallangan joy ajratilgan. CHiptalar narxi 2000 so'mni tashkil etmoqda. Yil boshida mavsumiy chiptalar ham sotuvga chiqarilib, 50 000 so'm narxda belgilangan.

 
Nukuslik muxlislar ham imkon qadar “OROL”ning har bir o'yiniga tashrif buyurib, sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlashga xarakat qiladi. Ammo u erda ham tomoshabinlar tashrifini u qadar ko'p deb bo'lmaydi. “Orol” Nukus shahridagi “Turon” stadionida o'ynab kelmoqda. 2008 yili foydalanishga topshirilgan stadion maydonining xolatiga havas qilib bo'lmaydi. Suniy qoplama yotqizilgani uchun oradan 10 yil o'tib, uning xolati achinarli avholga tushgan. Stadion o'z bag'riga 9000ta ishqibozni sig'dira oladi. Aytishlaricha “Orol”ning o'yiniga kirishni istaganlar 1000 so'mdan chiqarilgan chiptalarni sotib oladi. O'yin oldidan anons-afishalar chiqarilmayapti. Balki shuning uchun ham tomoshabinlarning stadionga tashrifi kam bo'layotgandir. “Turon” stadioni Nukus sport kollejining ixtiyorida bo'lgani uchun, “Orol” jamoasi undan ijara asosida foydalanib kelmoqda. Stadionda OAV uchun joy qilinmagan. O'yindan keyingi matbuot anjumanlarini o'tkazish uchun maxsus xonalar mavjud emas.          
     
O'tgan yili elitada ishtirok etib, sensacion natiajalar qayd etgan “DINAMO” bu yil quyi ligada sira o'ziga o'xshmayapti. SHuning uchun ham samarqandlik ishqibozlarning stadionga tashrifi ozchilikni tashkil etmoqda. Jamoa ko'p yillardan buyon shahardagi “Dinamo” stadionida raqiblarini qabul qilib kelmoqda. Stadion o'z 13 000 tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, o'yinlarga chiptalarni stadion mamuriyati o'zi chiqaradi. CHiptalar narxi bir xil – 7000 so'm qilib belgilangan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика