So’nggi yangiliklar

11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  5 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  1 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1

PRO-Liga, “A” guruhi. 13-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi. 13-tur statistikasi

7 iyun, payshanba kuni PRO-Liganing 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, poyoniga etgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“Surxon”dan kambek yoxud so'nggi daqiqalar “SHo'rtan”ga xiyonat qildi
13-tur o'yinlari qiziqarli va murosasiz tarzda o'tdi deyish mumkin. CHempionat peshqadami “Mashal” o'z maydonida “Xorazm”ni qabul qilib, kutilganidek g'alabaga erishdi. “Gazchilar” har ikki bo'limda bittadan to'p kiritib, o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolib, g'alabaga erishdi.

Samarqadda kechgan turning markaziy o'yini murosasiz tarzda kechdi. “Dinamo” 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi. SHunga qaramay termizliklar iroda ko'rsatib, g'alabani o'z tomoniga og'dirib olishdi. Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi “Surxon” kambek ko'rsatib, safardan muhim g'alaba bilan qaytdi. Mehmonlarning iqtidorli hujumchisi Temur Usmonov so'nggi soniyalarda to'p kiritib, “Surxon”ga g'alaba keltirdi.

Xaqquloboddagi “Norin” – “SHo'rtan” uchrashuvi ham dramatik tarzda kechdi va yakunda tomonlar durangga imzo chekdi. Garchi mehmonlar birinchi bo'lib hisobni ochgan bo'lsada, hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi soniyalarda “Norin” futbolchisi Ziynatillo Ikromjonov raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. SHu tariqa so'nggi daqiqalar “SHo'rtan”ga xiyonat qildi.

“Andijon” – “Orol” o'yinida favorit maydon egalari edi. Bu esa uchrashuvdagi hisobda ham aks etdi. O'z muxlislari qarshisida ilhomlanib o'ynaydigan “burgutlar” yirik hisobda g'alaba qozondi. Mezbonlarning 5ta goliga nukusliklar 1ta gol bilan javob qaytardi xolos.    

“Mashal” – “Xorazm” 2:0
“Dinamo” – “Surxon” 2:3
“Norin” – “SHo'rtan” 1:1
“Andijon” – “Orol” 5:1

Tezkor gol va boshqalar haqida
Futbolga joziba bag'ishlaydigan gollar haqida to'xtalib o'tamiz.

13-turning 4ta o'yinida jami 15ta gol qayd etildi. Bu esa har uchrashuvga o'rtacha 4tadan gol demakdir.

Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan gollar soni 10tani tashkil etgan bo'lsa, qolgan 5ta gol mehmonlar hisobiga yozildi.

Ushbu turda eng ko'p gol urgan jamoa “Andijon” bo'ldi. “Orol”ga qarshi kechgan bahsda “burgutlar” 5ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Mazkur turda birgina “Mashal” jamoasi o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.

O'yinlarning birinchi bo'limida muxlislar 8ta golga guvoh bo'ldi. Ikkinchi taymda esa yana 7ta gol qayd etildi.

13-turning eng tezkor goli 15-daqiqada kiritildi. “Dinamo” futbolchisi Hakimxon Alamxonov “Surxon”ga qarshi kechgan bahsda birinchi bo'lib hisobni ochishga erishdi.
Aksincha turning eng so'nggi goli 90+5-daqiqada

Ushbu turda dublga erishgan futbolchi SHahboz Jumaboev bo'ldi. “Andijon” hujumchisi “Orol”ga qarshi kechgan bahsda raqib darvozasiga ikkita to'p kiritdi.

13-turda kim gol urdi?
1. SHahzod Ubaydullaev – “Mashal”.
2. Sardor Abduraimov  – “Mashal”.
3. Hakimxon Alamxonov  – “Dinamo”.
4. Dalerjon Olmosjonov  – “Dinamo”.
5. Sardor Eminov  – “Surxon”.
6. Bahriddin Vahobov – “Surxon”.
7. Timur Usmonov – “Surxon”.
8. SHahboz Jumaboev (2ta) – “Andijon”.
9. Davron Isoqov – “Andijon”.
10. Ildar Mamatkazin – “Andijon”.
11. Laziz Ubaydullaev – “Andijon”.
12. Azamat Bobojonov – “Orol”.
13. Mo'min Meliev – “SHo'rtan”.
14. Ziynatillo Ikromjonov – “Norin”.

 
Ogohlantirish va chetlatish
Turning 4ta o'yinida hakamlar jami 11 nafar futbolchini sariq kartochka bilan siyladi.

Bu esa har bahsga o'rtacha 3tadan sariq kartochka demakdir.

Mezbon jamoalardan 4ta o'yinchi ogohlantirilgan bo'lsa, qolgan 7ta sariq kartochka mehmonlarga ko'rsatilgan.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 4ta o'yinchi ogohlantirildi. Ikkinchi taymda 7 nafar futbolchi sariq kartochka bilan siylandi.

Etiborlisi ushbu turni safarda o'tkazgan “SHo'rtan” jamoasi futbolchilari birorta ham sariq kartochka olmasdan, tartib-intizom bo'yicha boshqalarga namuna bo'ldi.
Ushbu tur “Surxon” futbolchilari uchun asabiy tarzda o'tdi deyish mumkin. Sababi termizliklarning 4ta o'yinchisi sariq kartochka ishlab oldi.

Eng ko'p sariq kartochka ham “Dinamo” – “Surxon” o'yinida qayd etildi. 5ta sariq kartochka.

13-turda ikkita qizil kartochka qayd etildi. “Andijon” – “Orol” uchrashuvining oxirgi 10 daqiqasida har ikki jamoadan bittadan o'yinchiga qizil kartochka ko'rsatildi. O'sha vaziyatda o'zaro tortishib ketgan mezbonlar himoyachisi Xushnud Avilov va mehmonlar hujumchisi Navro'z Alimovga bosh hakam Vladislav Ceytlin to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatdi. Endi ushbu futbolchilar eng kamida ikkita o'yinni o'tkazib yuborishga majbur.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Uchrashuvlarni bevosita stadionda kuzatish maqsadida tashrif buyurgan ishqibozlar soni ushbu turda umumiy qilib aytganda 3805tani tashkil etdi.
Bu esa har bir o'yinga o'rtacha 951ta tomoshabin demakdir.  

13-turda eng ko'p ishqiboz kirgan bahs – “Andijon” – “Orol” bo'ldi. “Sog'lom avlod” stadioniga 1417 ta tomoshabin tashrif buyurdi.
Aksincha bu borada eng past ko'rsatkich, Haqqulobodda kuzatildi. “Norin” – “SHo'rtan” o'yini atiga 405 nafar muxlisning qiziqishiga sabab bo'ldi.

“Mashal” – “Xorazm” 2:0
Muborak. “B. Vafoev” stadioni. 767 tomoshabin.
“Dinamo” – “Surxon” 2:3
Samarqand shahri. “Dinamo” stadioni. 1215 tomoshabin.
“Norin” – “SHo'rtan” 1:1
Haqqulobod. “SHodlik” stadioni. 405 tomoshabin.
“Andijon” – “Orol” 5:1
Andijon shahri. “Sog'lom avlod” stadioni. 1417 tomoshabin.

Ostonamizdagi uchrashuvlar
14-tur.
11 iyun (dushanba)

«Surxon» - «Norin»
«SHo'rtan» - «ANDIJON»
«Xorazm» - «Dinamo»
«Istiqlol» - «Mashal»
«Orol» dam oladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика