Eng qiyini hamyurtlarimizda! YCHLda eng engil va eng qiyin qur'a tushgan jamoalar nomini ma'lum qildi

29 avg 2026, 10:40
Football Meets Data statistika portali Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi qur'a natijalarini tahlil qilib, jamoalarning raqiblari qiyinchilik darajasi bo'yicha reytingini tuzib chiqdi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, eng og'ir kalendar "Sabah"ga nasib etdi. Ozarbayjon klubining ko'rsatkichi +42 ni tashkil etdi. Undan keyingi o'rinlardan "Manchester Siti" (+39), "Lans" (+33), "Bryugge" (+26) va "Komo" (+25) joy oldi.

Reytingning qarama-qarshi tomonida "Shtutgart" qayd etildi – Germaniya jamoasida qur'a qiyinchiligi ko'rsatkichi -48 ni tashkil qildi. Keyingi o'rinlarda "Inter" (-36), "Real" (-28), "Shaxtyor" (-28) va LASK (-21) bormoqda.

Ko'rsatkich qiymati qanchalik yuqori bo'lsa, jamoa uchun qur'a shunchalik qiyin hisoblanadi. Manfiy qiymat esa, o'z-o'zidan, raqiblar to'plamining engilroq ekanidan dalolat beradi.

Chempionlar Ligasining asosiy bosqichi 8 sentyabr kuni start oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Meets Data