Prezident qarori bilan Kamerun TJda murabbiy almashdi
01 mar 2022 09:55
Yangiliklar
Prezident qarori bilan Kamerun TJda murabbiy almashdi
45 yoshli portugaliyalik mutaxassis Toni Konseysau Kamerun TJdan istefoga chiqarildi.
Uning o'rnini esa Rigober Song egalladi.
“Mamlakat prezidentining qarori bilan futbol bo'yicha erkaklar termasi bosh murabbiyligiga Toni Konseysauning o'rniga Rigober Song tayinlandi. Kamerun futbol federaciyasida mazkur qarorni amalga oshirish uchun zarur choralarni ko'rish so'raladi”, deya bayonot bergan Kamerun sport vaziri Narcissa Muelya Kombi.
Kamerunliklarni oldinda JCH-2022 saralashidan o'rin olgan Jazoirga qarshi pley-off bahsi kutmoqda.
Fikrlar