So’nggi yangiliklar

16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  0 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  0 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  1 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  7 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1 14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  2 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  34 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1

Prevyu: "Yuventus" - "Portu" va "Lester" - "Sevilya" Yangiliklar

Prevyu: "Yuventus" - "Portu" va "Lester" - "Sevilya"

Evropa chempionlar ligasining chorak final ishtirokchilari soni bugun yana ikkitaga oshadi.


Hozircha "Bavariya", "Barselona", "Real" hamda "Borussiya Dortmund" jamoalari chorak final bekatida turishibdi.
Bugun va ertaga qolgan to'rtta omadli va kuchli jamoalarning nomlari malum bo'ladi.

Portugaliyada "Portu" ustidan ishonchli g'alabaga erishgan "Yuventus" javob uchrashuvida katta muammolarga duch kelmasligi haqiqatga yaqinroq.
Ispaniyada "Lester" garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, ularda birgina kichik ustunlik mavjud. Yani ular mehmonda gol urishni uddasidan chiqishgandi va o'z uylaridagi bahsda 1:0 hisobidagi yutuq ularni to'la qanoatlantiradi. Bu vazifani uddalash esa shunchaki oson ish emas. CHunki "Sevilya"dek evrokuboklar tajribasi katta bo'lgan jamoani engish ECHLda ilk marotaba mehmon bo'lib turgan kamtar "Lester"ga og'irlik qilishi mumkin.


Turindagi bellashuvda "Portu" hujumkor o'ynashga majbur. Ular chiqmagan jondan umid deganlaridek, 90 daqiqa ichida to'qnashuvdagi muvozanatni tiklashga harakat qilib ko'rishadi. "Yuventus" esa o'z maydonida ko'pdan buyon mag'lubiyatga uchramagan va turinliklar o'z muxlislari qarshisida yanada tajovuzkor futbol ko'rsatishadi. Allegri jamoasi bugungi bahsda hujumda ko'proq bo'sh hududlarga ega bo'lishadi. Iker Kasilyasga esa etarlicha ish topilishi aniq. Allegri bu galgi o'yinda 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanishi kutilmoqda. Himoya markazida katta ehtimol bilan Bonuchchi hamda Benatiya harakatlanadi. Jorjio Kellini jarohatidan forig' bo'lib uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan bo'lsada, Allegri boshlang'ich tarkibda Benatiyani tushirishi mumkin. CHunki "Yuve" chorak final masalasinining asosiy qismini Portugaliyadayoq hal etib ulgurgan. SHu boisdan ham Allegri etakchi himoyachi bo'yicha tavakkalga qo'l urmasligi mumkin. Allegri bugun tarkibda bemalol rotaciyani amalga oshira oladi. Buning uchun unda imkoniyat va tanlov ham keng. Jamoaning oxirgi mashg'ulotlaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, himoyaning o'ng qanotidan Alvesh emas, balki Lixtshtayner o'rin olishi ehtimoli yuqori. SHuningdek, Klaudio Markizioning ham bugun asosiy tarkibda tushishi aniq.
"Yuventus" birinchi o'yinda o'zi uchun ideal hisobni qayd etgan. Bugun esa shunchaki futboldan zavflanib, o'z muxlislariga navbatdagi chiroyli g'alabani taqdim etishga urinib ko'radi.
"Portu" nimaning evaziga muvaffaqiyat qozonishi mumkin?
Nuno Espirinto Santo jamoasi Turindagi bahsda "Yuventus"ni taslim etishi va yakuniy hisob ular qoniqarli bo'lishi uchun, avvalo jamoaga katta omad zarur bo'ladi. "Portu" Turinda g'alabani qo'lga kiritishi uchun jamoa nafaqat mavsumdagi, balki o'z tarixidagi eng yaxshi o'yinni ko'rsatishi lozim bo'ladi. SHuningdek, nafaqat "Portu" kuchli o'ynashi, "Yuventus" ham kamida o'tgan haftadagi PSJ singari juda bo'sh harakat qilishi kerak bo'ladi. SHuni aniq aytish mumkin, "Yuventus" PSJ kabi kuchsiz xarakterga ega emas. Turinliklarda g'oliblik ruhi ancha baland. To'g'risi, g'alati o'xshatish. "Yuventus" bilan PSJni o'xshatishni o'zi kulguli. Lekin futbolda har narsa ruy berishi mumkinligiga o'tgan haftada guvohi bo'ldik.
Bu to'qnashuvda imkoniyatlar "Yuventus" foydasiga. "Portu" agarda fantastikaga qo'l ura olsa, bu katta shov-shuvli sensaciya bo'ladi.


Turinda bugun futbol muxlislari Jiji Buffon Iker Kasilyas o'rtasidagi navbatdagi qarama-qarshilikni tomosha qilishlari mumkin. Futbol tarixidagi ushbu ikkita afsonaviy darvozabonlarning bu galgi to'qnashuvi ham ko'pchilikda qiziqish uyg'otishi tabiiy.


"Lester"dek oddiy va kichik klubni dunyoga tanitgan, jamoa tarixida yangi sahifa ochgan Klaudio Ranerini "Sevilya"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin istefoga chiqargan angliyaliklarga bugun birgina gol ham zafar keltirishi mumkin. "Lester" endi ECHLdagi ilk yurishini Kreyg SHekspir imzosi bilan davom ettirishga, klub tarixidagi yana bir sahifani yaratishga urinib ko'radi. Bir qarashda "Lester"ni oldida turgan vazifa uddalab bo'lmas emas. Ammo ularning qarshisidagi raqib anoyilardan emasligini unutmaslik lozim. Xorxe Sampaolining tuzayotgan jamoasini xoh mehmonda, xoh uyda bo'lsin taslim etish mushkul masala. "Lester" chorak finalga chiqishi uchun kamida birinchi davrada "Manchester Siti" bilan o'yinda harakat qilgani kabi o'ynashi kerak. O'shanda futbolchilar ko'zidagi uchqunli olovni o'chirib bo'lmagandi. O'sha bahsda barcha o'tgan yilgi "Lester"ni qayta ko'rgandek bo'lgandi. Bugun yana o'sha "Lester" qaytsa, unda "Sevilya" ustunlik hamda chorak final yo'llanmasini raqibiga topshirib qo'yishi mumkin.


Ushbu to'qnashuvda hali intriga mavjud va barcha masala hakamning final xushtagi yangramaguncha hal etilmaydi.
Bu bahsda hali nimchorak final o'yinlarida kuzatilmagan holat, yani ekstra taymlar guvohiga aylansak ham ajabmas.


Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final.

Javob o'yinlari.

"Yuventus" - "Portu" (00:45)

"Yuventus-stedium" stadioni.

Bosh hakam
: Ovidiu Xategan.

"Yuventus"
(taxminiy tarkib): Buffon; Lixtshtayner, Benatiya, Bonuchchi, Aleks Sandro; Markizio, Xedira; Kuadrado, Dibala, Mandjukich; Iguain.

"Portu"
(taxminiy tarkib): Kasilyas; Maksi Pereyra, Markano, Felipe, Layun; Danilu, Andre Andre, Oliver Torres; Braximi, Andre Silva, Soares.

Birinchi uchrashuv: 2:0


"Lester" - "Sevilya" (00:45)

"King-Pover stedium" stadioni.

Bosh hakam
: Daniele Orsato.

"Lester"
(taxminiy tarkib): SHmeyxel; Simpson, Morgan, Xut, Fuxs; Maxrez, Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton; Okazaki, Vardi.

"Sevilya"
(taxminiy tarkib): Riko; Rami, Parexa, Merkado; Mariano, N'Zonzi, Nasri, Eskudero; Iborra; Yovetich, Vitolo

Birinchi uchrashuv: 1:2

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика