So’nggi yangiliklar

00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  19 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  3 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5

Prevyu. "UzDongJu" - "Orol" Yangiliklar

Prevyu. "UzDongJu" - "Orol"

Teglar :  UzDongJuOrol
Bugun O'zbekiston birinchiligining 15-tur bahslariga start beriladi.

Andijonning  UzDongJu jamoasi o'z maydonida Nukusning Orol jamoasini qabul qiladi. Ushbu jamoalar o'zaro ilk bor  2007 yil to'qnash kelishgan. O'sha paytda Qoraqalpog'iston vakili Jayhun nomi ostida birinchilik bahslarida qatnashib kelgan. Mana shu uchrashuvda UzDongJu raqibini yirik 3:0 hisobda mag'lubiyatga uchratgan. O'tgan yili bo'lib o'tgan so'nggi  o'yinda esa 0:0 hisobidagi durang natija qayd etilgan. O'zaro o'yinlarga nazar tashlasak o'tkazilgan 6ta bahsning 5tasida UzDongJu g'alaba qozongan bo'lsa yuqorida aytilgan birgina uchrashuvda hisob ochilmagan. To'plar nisbati 7:0 UzDongJu foydasiga, nukusliklar hali biron marta UzDongJu darvozasini ishg'ol qila olishmagan .

Ushbu buchrashuvni sariq kartochkalari to'rttaga etgan mehmonlar himoyachisi Maqsud Kannazarov o'tkazib yuboradi.

Barcha muxlislarni bugun 17:45da SHo'rbuloq dahasidagi maktab-internati stadionida bo'lib o'tadigan  ushbu o'yinga taklif etamiz.

Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz.

O'ZARO O'YINLAR
2007 YIL
14- tur. 7-iyun (payshanba)
UzDongJu (Andijon)– Jayhun (Nukus) 3:0.”Navro'z” stadioni 500 tomoshabin.
Gollar
: X.Toshtemirov (47) R.Raxmonov (53) L.Soliev (85)

24- tur. 23-avgust (yakshanba)
Jayhun (Nukus) –  UzDongJu (Andijon)  0:1. 112 tomoshabin
Gol:
R.Raxmonov (90+1)

2014 YIL
Ikkinchi bosqich 5- tur 7-sentyabr (yakshanba)
UzDongJu (Andijon) – Orol (Nukus) 1:0  SHo'rbuloq FIMI stadioni 112 tomoshabin
Gol
: A.Komilov (90+3)

Ikkinchi bosqich 10- tur 5-oktyabr  (yakshanba)
Orol (Nukus) –UzDongJu (Andijon) 0:1 “Turon” stadioni 152 tomoshabin
Gol:
F.Soloxiddinov (67 pen)

2015 YIL
Ikkinchi bosqich 1- tur 12-avgust  (chorshanba)
UzDongJu (Andijon) – Orol (Nukus) 1:0  SHo'rbuloq FIMI stadioni 170 tomoshabin
Gol:
A.Xodjaev  (53)

Ikkinchi bosqich 16- tur 7-noyabr  (shanba)
Orol (Nukus) –UzDongJu (Andijon) 0:0  “Turon” stadioni 78 tomoshabin



UzDongJu FK matbuot kotibi SHerzodbek Mamadaliev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика