"Orol" PRO-liga "A" guruhida ishtirok etmaydi
17 mar 2019 15:14
Yangiliklar
"Orol" PRO-liga "A" guruhida ishtirok etmaydi
Ayni paytga kelib A Pro-liganing 2019 yilgi mavsumida qatnashuvchi jamoalar nomi deyarli to'liq malum bo'lib ulgurgan. Dastavval elon qilinganidek, “Mashal”, “Neftchi”, “SHo'rtan”, “Istiqlol”, “SHerdor”, “Xorazm” klublari A Pro-ligada ishtirok etadi. Ular qatorida etirof etilgan “Orol” klubi esa A Pro-ligada emas, balki B Pro-ligada qatnashish niyatida ekanini malum qildi. Nukusliklar bu borada PFLga rasmiy murojaat bilan chiqishdi.
Bilasiz, ayni paytda davom etayotgan PFL kubogi-2019 musobaqasi g'olibi A Pro-liga yo'llanmasiga ega bo'ladi. A Pro-ligada bo'sh qolayotgan “Orol” jamoasining o'rni ham PFL kubogi-2019 finalchisi bilan to'ldiriladigan bo'ldi.
SHu boisdan ertaga soat 11:00da PFL kubogi yarim finaliga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Takidlab o'tamiz, PFL kubogi-2019 final uchrashuvi 22 mart kuni bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar