So’nggi yangiliklar

11:59Стивен Бергвейн: "Саудия Арабистонида рақобат Нидерландиягидан юқорироқ"  0 11:32Лени Йоро "Реал"ни эмас, балки МЮни танлаганининг асл сабаби маълум бўлди  1 11:16Италия терма жамоаси ҳимоячиси Исроилга қарши ўйинда қатнашмайди  1 10:48ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  6 10:36Расман: "Истиқлол" стадионида Ўзбекистон кубоги финалига қадар бирорта ўйин ўтказилмайди  5 10:20"Реал" Холандни қандай шароитда сотиб олиши мумкинлиги маълум бўлди  6 09:41"Арсенал" футболчиси фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  3 09:00"Манчестер Юнайтед"нинг энг кўп маош олувчи футболчилари (топ-10) рейтинги тузиб чиқилди  5 08:32Футзал. Куба терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 08:00Мемфис Депай фаолиятини Бразилияда давом эттиради. Футболчининг қанча ишлаб олиши маълум  1 07:25Про лига. Бугун 19-турга старт берилади  1 06:10Миллатлар лигаси. Швейцария - Испания, Испанлар 10 киши бўлиб 9 та зарба беришди ва 4 та гол уришди  1 06:00Миллатлар лигаси. Португалия - Шотландия, Роналду захирадан тушиб баҳс тақдирини ҳал қилди  8 01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  6 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  2

Prevyu: Ustoz va shogird to'qnashuvi, adashib qolgan "Lester"ni Madridda qanday sarguzasht kutmoqda? Yangiliklar

Prevyu: Ustoz va shogird to'qnashuvi, adashib qolgan "Lester"ni Madridda qanday sarguzasht kutmoqda?

Evropa chempionlar ligasining chorak finalidan o'rin olgan qiymati finalga teng yana bir to'qnashuv bugun futbol jamoatchiligining diqqat etiborida bo'ladi.


Gap "Bavariya" hamda "Real" qarama-qarshiligi haqida ketayotganini barcha payqagani aniq.

Kecha malum sabablarga ko'ra, "Borussiya" - "Monako" uchrashuvi ham qoldirilgandi. SHu boisdan bugun chorak finalning uchta bellashuvi o'tkaziladi.
Ispaniyada Diego Simeone SHekspirning "Lester"ini mehmon qiladi.

Dahshatli to'qnashuv oldidan "Bavariya" o'z chempionatida azaliy va asosiy raqibi hisoblangan "Borussiya"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Bu esa jamoaning muhim bahs oldidan kayfiyatini ko'tardi. Karlo Anchelotti eng katta yutug'i, bu jamoa mavsumning eng qaynoq va asosiy qismiga o'zining optimal sport formasiga kirib olgani bo'ldi. Avvalgi yillarda "Bavariya"ga aynan shu tonus etishmayotgandi. Anchelotti bu vaziyatda balansni to'g'ri taqsimladi va tayyorgarlikni ham shunga yarasha olib bordi.
"Bavariya"ning ichki chempionatdagi ishlari alo. Evropa chempionlar ligasining pley-off bosqichida ham "Arsenal"ni qanday tor-mor etgani jamoaning ushbu turnirda o'zini qanday his etayotganini ko'rsatib turibdi.
Ushbu mavsumda ajoyib va fantastik o'yin ko'rsatayotgan Robert Levandovskini "Real"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi nomalum bo'lib turgani, Xummelsning mashg'ulotda jarohat olib safdan chiqqani Anchelottining qiynab turgan holatlardan biri. Lekin Robert xususida yakuniy qaror bugun chiqariladi. "Bavariya"ning asosiy "snayperi" balki maydonga tushar. Xummelsni o'rni esa joriy mavsumni juda yaxshi o'tkazayotgan Martinez bilan to'ldiriladi. Lekin tarkibdagi bu o'zgarishlar jamoa o'yini strategiyasini buzib qo'ymaydi. O'sha reja, o'sha taktika va ijrochilar o'rin almashishadi. Tomas Myuller va Noyerni "Real" bilan bo'ladigan uchrashuvgacha tarkibga qaytgani ham ayni muddao bo'ldi. Aks holda Anchelotti haqiqiy bosh og'riqlar girdobida qolib ketishi tayin edi.
Ayni paytdagi "Bavariya" o'z maydonida istalgan jamoani istagan kuyiga solib qo'yishi mumkin.

"Real" jamoasi Myunxenga himoyadagi muammolar bilan etib kelmoqda. Zidan boshchiligidagi jamoa shundoq ham himoyadagi tartibsiz o'yini orqali juda ko'p aziyat chekdi joriy mavsumda. Ustiga-ustak Pepe o'tgan bahsda jarohat oldi, Varan esa sal avvalroq safdan chiqqandi. "Qaymoqrangliklar" bugun himoya markazida Nacho hamda Ramos tandemini o'ynatishga majburlar. Ramos esa ancha ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi talab etiladi. CHunki "Real"ning haloskorida bitta sariq kartochka mavjud. Agarda himoyachi bugun ham ogohlantirish olsa, unda javob bahsida jamoasiga ko'maklasha olmaydi. Zaxirada esa markaziya himoyachilar deyarli qolmagan. Ramosga o'rinbosar bo'lishi mumkin bo'lgan nomzodlarning barchasi "lazaret"ni to'ldirib o'tirishibdi.
Zidan bugun o'z ustozi Anchelottiga qarshi yurish qilishga urinib ko'radi. "Real"ning La Ligadagi ishtiroki hozircha risoladagidek kechmoqda. ECHLda esa jamoa amaldagi g'olib sifatida bosh sovrinni munosib himoya etishni maqsad qilgan. "Real" bugun qarshi hujumga tayanib o'ynashi kundek ravshan. "Bavariya" "Alyanc Arena"da birinchi raqam bilan o'ynashga ko'nikkan va bugun "Real" himoyachilariga etarlicha bosim bo'lishi tabiiy. Agarda jamoaning himoya chizig'i ushbu bosimga dosh bera olsa, unda madridliklar qarshi hujumda o'z omadlarini sinab ko'rishlariga imkon topishadi. Bu borada esa Ronaldu, Beyl va Benzema jonbozlik ko'rsatadi.

Zidan jamoasi mehmonda gol urib olishi va imkon qadar mag'lubiyatga uchramaslikka harakat qiladi. Agarda bu ishni uddalay olishsa, keyinchalik "Bavariya"ga "Santyago Bernabeu"da muammolar tug'dirishadi.
Bu to'qnashuv taqdiri Madridda hal etiladi. SHu boisdan ham Myunxendagi uchrashuvda jamoalar javob bellashuvida qiynalmaslik uchun o'z imkoniyatlarini yaxshilab olishga etibor qaratishadi.

"Bavariya"ning xavfli futbolchilari haqida gap ketganda, albatta avvalo yana o'sha mashhur tandem: "Robberi" tilga olinadi. Ushbu ikki futbolchi nihoyat yana jarohatlar girdobidan qutulishdi va birgalikda raqiblarini dovdiratib qo'yishmoqda. "Bavariya" tarkibida ushbu ikki futbolchi bir vaqtning o'zida boshlang'ich tarkibda bo'lishsa, unda bu har qanday raqib uchun yoqimsiz holat.
SHu o'rinda, "Bavariya"ning asosiy figurasiga aylangan Tyago Alkantara xususida alohida to'xtalmoq lozim. Alkantara Anchelotti qo'l ostida chinakamiga porladi va jamoaning etakchi futbolchisiga aylandi. "Bavariya"ning hujumlariga yo'nalish va bezak beruvchi futbolchi bu shubhasiz Alkantara.
Robert Levandovski haqida ortiqcha gapga hojat yo'q. Polshalik "o'q otar" "Bavariya" tarkibida joriy mavsumda barcha musobaqalarda jami 35 marotaba gol urishni uddasidan chiqqan. Hujumchining ushbu natijalari uni qanday sport formasida ekanligini va jamoa uchun nechog'lik muhim ahamiyat kasb etishini ko'rsatib turibdi.


"Real"ning xavfli va "Bavariya" ehtiyot bo'lishi kerak bo'lgan futbolchilari ham juda ko'plab topiladi. "Real"da jamoaviy o'yindan ham ko'ra nomlar ko'p. Zidan qo'l ostida asosan zaxirada qolib ketayotgan futbolchilarning istalganidan xavf kutish mumkin. Ronaldu, Beyl, Benzema, Kroos, Modrichdan tashqari Morata, Xames, Isko, Vaskes kabi futbolchilar ham kuchli ijrochilar sanalishadi.
SHuningdek, "Real"ning mudofaa chizig'i vakillari Marselo va Ramosdan hujumchilardan kam bo'lmagan xavfni kutish mumkin. Ayniqsa Ramos standart vaziyatlari paytida raqiblarning asosiy "killeri" hisoblanadi. Xususan oxirgi yillar, ECHLdagi muhim bahslar va joriy mavsumda Ramos juda ko'plab o'yinlarda jamoasini qiyin pallalardan bir o'zi olib chiqib keta oldi. Marselo esa hujumlarni tashkil etish bobida jahondagi eng kuchli qanot himoyachilaridan biri hisoblanadi.
Lekin "Real"ning birinchi raqamli yulduzi Ronaldu ayni paytda o'zining yuqori sport formasida emas. Hozirgi "Real"ning muvaffaqiyatlari "kaliti" bu jamoaviy birdamlik va xarakter.

"Bavariya" Pep Gvardiola davridagi Myunxenda qolgan dog', o'sha alamli 0:4 hisobidagi mag'lubiyat uchun ham "Real" bilan o'yinni juda intizorlik bilan kutmoqda. O'shanda aynan Karlo Anchelotti qo'l ostida "Real" Gvardiolaning "Bavariya"sini "uyaltirib" ketgandi. Endi esa bosh qo'mondon o'zgardi, Anchelotti taqdir charxpalagi bilan "Bavariya"da paydo bo'ldi. O'sha paytdagi Anchelottining yordamchisi bo'lgan Zidan esa "Real" boshqaruvida.
Bugun esa ustoz va shogird o'zaro duch kelishmoqda.

Thiago vs Kroos

"Bavariya"ning "Real"ga, Zidannnig esa Anchelottiga aytar gapi bor. Balki Anchelotti Zidanga ko'rsatmagan, o'rgatmagan o'gitlarini amalda unga ko'rsatar? Ko'ramiz.
Fantastik to'qnashuvdan zavq olishni unutmang!
Boshlanish vaqti 23:45, Myunxenda, davomi esa bir haftadan keyin Madridda bo'ladi.
Bu "triller"ni o'tkazib yubormang!


Kunning ikkinchi juftligida "Lester"ga oson bo'lmaydi. "Visente Kalderon"da qanday raqiblar chorasiz qolmagan deysiz. "Lester" qanchalik shovqin ko'tarmasin, barchani lol qoldirmasin, ECHL chorak finalida, "Atletiko" fonida autsayder sifatida gavdalanadi.
"Lester"ga hurmatni saqlagan holda shuni aytish mumkinki, "Atletiko" bu faqatgina Evropa ligasida sherdek ko'rinadigan, ECHLda irodasiz o'ynaydigan "Sevilya" emas. Diego Simeonening "qo'shini" ECHLda o'z obruyi va katta salohiyatga ega kuchli jamoa. Qisqa qilib aytganda, "Atletiko" "Lester" uchun "qo'rqinchli" raqib.

"Lester"ga faqatgina yuksak omad va "Atletiko"ning raqibni mensimay maydonga tushishi yordam berishi mumkin. Lekin "Sevilya"dan keyin Diego Simeone "Lester" bilan o'yinga jamoani qanday tayyorlash kerakligini o'qib olgan bo'lishi kerak. Aks holda "Lester" ertagi ECHLda davom etaveradi...

Kecha uchrashuv qoldirilgan juftlikda futbol ishqibozlarini chiroyli va ochiq futbol kutayotgani aniq. Dortmundda bugun 100% futbol namoyish etiladi. Tomas Tuxel ham, Leonardu Jardim ham hujumkor futbol tarafdorlari hisoblanishadi. "Monako"ning yosh istedodli, iqtidorli futbolchilari nimalarga qodir ekanligini barcha ko'rdi. "Manchester Siti" hamda Pep Gvardiolaga "master-klass" ko'rsatgan Jardimning "Monako" nomli "qo'shini"dan hozirda barcha hayiqmoqda. Bunga esa ularning ajoyib o'yinlari va tajovuzkor hujumlari sabab.

Kilian Mbappe, Radamel Falkao, Fabino, Bernardu Silva kabi futbolchilari ayni paytda o'zining eng yuqori sport formasida, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ayniqsa Kilian Mpabbening jozibador o'yinlari barchada birdek iliq taassurot qoldirmoqda.

"Borussiya" esa ECHLning katta o'yinlarida ishtirok etish tajribasiga ega. Jamoa tarkibi ham tajribali va yosh istedodli futbolchilar bilan boyitilgan.

Dortmundliklar etakchisi Marko Roysning ushbu bellashuvda qatnashishi hozircha so'roq ostida turibdi. Futbolchi jamoa mashg'ulotlariga ishtirok etdi va Tomas Tuxel oxirgi daqiqalarda yakuniy qarorni qabul qilishini matbuot anjumanida malum qildi.

Bu to'qnashuvda muxlislar zerikib qolmasliklari kafolatlanadi.

"Signal Iduna Park"da "Borussiya"ning imkoniyatlari yuqoriroq. Lekin har ikkala jamoa hujumga asoslangan futbol o'ynashlari va ularning eng ojiz nuqtalari himoya ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, bu juftlikda barcha narsa ruy berishi mumkin. SHunisi aniqki, ushbu bahs gollarga boy bo'ladi.  

ECHL, chorak final.

Dastlabki o'yinlar.

"Borussiya" Dortmund - "Monako" (21:45)

"Signal Iduna Park" stadioni.

Bosh hakam
: Daniele Orsato (Italiya)

"Borussiya"
: Byurki; Pishhek, Papastatopulos, Bartra, SHmelcer; Vaygl; Dembele, Kagava, Pulishich, Gerreyru; Obameyang.

O'ynamaydi
: Getce (shamollagan), SHyurrle (jarohat), Durm (mushak)

So'roq ostida
: Roys (orqa mushak soni)

Diskvalifikaciya xavfida turgan futbolchilar
: Gerreyru, SHmelcer

"Monako"
: Subashich; Fabino, Radji, Glik, Mendi; Moutinyu, Silva, Lemar; Mbappe, Falkao, Jermen.

O'ynamaydi
: Bakayoko (diskvalifikaciya), Sidibe (ko'rchak), Boskilya (to'piq), Karrilo (pax)
Diskvalifikaciya xavfida turgan futbolchilar: Fabino, Jemerson, Jermen, Sidibe.

O'zaro o'yinlar tarixi:
Bu jamoalar ilk marotaba o'zaro duch kelishdi.


"Bavariya" - "Real" (23:45)

"Alyanc Arena" stadioni.

Bosh hakam
: Nikola Riccoli (Italiya)

"Bavariya"
: Noyer; Lam, Xavi Martines, Boateng, Alaba; Vidal, Alonso, Tyago Alkantara; Robben, Levandovski, Riberi.
O'ynamaydi: Xummels (to'piq)
So'roq ostida
: Levandovski.
Diskvalifikaciya xavfida turgan futbolchi
: Boateng

"Real": Navas; Karvaxal, Ramos, Nacho, Marselo; Kazemiro, Kroos, Modrich; Beyl, Benzema, Ronaldu.
O'ynamaydi: Pepe (jarohat), Varan (orqa mushak soni)
Diskvalifikaciya xavfida turgan futbolchilar
: Modrich, Ramos

O'zaro o'yinlar tarixi:
"Bavariya" hamda "Real" qarama-qarshiligida kichik ustunlik myunxenliklar tarafida.
"Bavariya"da 9 g'alaba, "Real"da 8 g'alaba. Bir uchrashuvda durang qayd etilgan.
To'plar nisbati: 24-25.



"Atletiko" - "Lester" (23:45)

"Visente Kalderon" stadioni.

Bosh hakam
: Yonas Eriksson (SHveciya)

"Atletiko"
: Oblak; Xuanfran, Savich, Godin, Filipe Luis; Karrasko, Gabi, Koke, Saul; Grizmann, Torres.
O'ynamaydi: Gameyro (to'piq mushaklari), Tyagu (tizza), Moyya (orqa son mushaklari), Vrsalko (tizza), Augusto Fernandes (tizza)
So'roq ostida
: Gameyro (mushak)
Diskvalifikaciya xavfida turgan futbolchi
: Xose Mariya Ximenes

"Lester"
: SHmeyxel; Simpson, Benaluan, Xut, Fuxs; Maxrez, Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton; Okazaki, Vardi.
O'ynamaydi: Morgan (bel), Mendi (to'piq), Vage (elka)
Diskvalifikaciya xavfida turgan futbolchilar: Xut, Ndidi, Slimani, Vardi

O'zaro o'yinlar tarixi:
Bu jamoalar ilk marotaba to'qnash kelishdi.


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика