

E'tiboringizga jamoalarning Jizzaxdagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.
USHBU MAVSUMDA
Birinchi davra 4-turida “So'g'diyona” o'z maydonida Qizilqumni qabul qilgan edi va 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. Unda Elguja Grigalashvili 46, 85, 87 - daqiqalarda darvozani ishg'ol qilgan edi. Sardor Azimov 89-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'lgan edi.
Superliga 15-turida Jizzax klubi Navoiyda raqiblarga qarshi bahs olib borgandi va 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. Gollarga Elguja Grigalashvili (48), Nemanya Yovanovich (76) mualliflik qilishdi.

O'YINNI SHERZOD QOSIMOV BOSHQARADI
“So'g'diyona” - “Qizilqum” o'yinini Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Olim Abduvosilovlar yordam beradi. Zaxiradagi hakam Ishaq Ibragimov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Baxodir Mirzaev
O'ZARO USTUNLIK
“So'g'diyona” hamda “Qizilqum” klublari oliy ligada shu kungacha 30 bor kuch sinashishgan.“So'g'diyona” hisobida 7 ta, “Qizilqum” hisobida 16 ta g'alaba mavjud. 7 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik navoiyliklar tomonida: 26:41 “So'g'diyona” o'zaro o'yinlarda 28 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Qizilqum” 55 ochkoni qo'lga qiritgan.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi 5 ta uchrashuv :
07.11.2014 So'g'diyona - Qizilqum 1:0
02.08.2015 So'g'diyona - Qizilqum 4:1
01.07.2016 So'g'diyona - Qizilqum 1:1
16.09.2017 So'g'diyona - Qizilqum 1:1
29.03.2018 So'g'diyona - Qizilqum 1:3
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 15 ta o'yindan 7 tasida “So'g'diyona”, 5 tasida “Qizilqum” g'alaba qozongan. 3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan.
O'YIN VAQTI VA JOYI:
Yoshlar ligasi bahsi 12 sentyabr kuni soat 16:30 da “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 13 sentyabr kuni soat 20:00 da “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.




