So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Prevyu. Qo'rqinchli afisha: "Real" - MYU yoxud Zizu & Mour Yangiliklar

Prevyu. Qo'rqinchli afisha: "Real" - MYU yoxud Zizu & Mour

Jurnalist SHahboz Beg'amov UEFA Superkubogiga bag'ishlangan prevyuni taqdim etdi.


Evropada futbol shamoli esishni allaqachon boshladi. Avvaliga Franciya superkubogi, Franciya chempionati, Germaniya superkubogi hamda Angliya superkubok o'yinlari orqali ishqibozlar o'z chanqoqlarini biroz bosishga erishishgandi. Bugun esa UEFA superkubogi orqali ularga "desert" taqdim etiladi.

Evropaning tengsiz jamoasi bo'lib kelayotgan va qatorasiga ikki bor ECHL bosh sovrinini o'zini qilgan "Real" panadan chiqib kelayotgan "Manchester Yunayted" bilan mavsumning dastlabki sovrini uchun kurashadi.

UEFA superkubogi tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ushbu kichik musobaqa 1972 yilda tashkil etilgan.
Eng qizig'i, ushbu turnirni o'tkazish g'oyasi Niderlandiya gazetasi jurnalisti Anton Vitkampdan chiqqan. O'sha paytlari Niderlandiya futboli yuqori cho'qqida bo'lgan va jurnalist antiqa usul orqali Niderlandiya klublarining kuchini sinashni istagan.
"Ayaks" hamda Yoxan Kroyffning yulduzli onlari boshlangan paytga to'g'ri keladi.
UEFA superkubogining birinchi o'yini "De Telegraaf" gazetasi tomonidan moliyalashtirilgan. Avvaliga UEFA ushbu musobaqani tan olmagan va jurnalistning g'oyasini qabul qilmagan. Ilk Superkubok uchrashuv rasmiy maqomda o'tmagan. Ammo Anton Vitkamp UEFA bu musobaqani o'tkazishni yo'lga qo'yish va unga rasmiy maqomni berish uchun kurashgan. Bir o'tib esa UEFA superkubok o'tkazishga rozilik bergan va ilk o'yin "Ayaks" hamda "Milan" o'rtasida kechgan.
UEFA superkubok o'yini shu tariqa tashkil etilgan.



Ushbu turnirda eng ko'p g'alaba nashidasini surgan jamoa "Barselona" hamda "Milan" hisoblanadi. Ushbu jamoalar umumiy hisobda 5 marotaban UEFA superkubogi sohibiga aylanishgan.
"Real" esa hozirga qadar 3 bor UEFA superkubogida zafar quchgan.
"Manchester Yunayted" esa uchun bu galgi UEFA superkubogi to'rtinchi ishtirok sanaladi. Bunga qadar jamoa ikki bor superkubokda yutqazgan bo'lsa, 1991 yilgi bahsda g'alaba qozongan va bir marotaba ushbu kubokni boshlari uzra baland ko'tarishga muvaffaq bo'lishgan.

UEFA Superkubogini qo'lga kiritish bo'yicha Ispaniya jamoalari peshqadam hisoblanishadi. La Liga vakillari jami 13 bor sovringa egalik qilishgan. Ikkinchi o'rinda esa Italiya jamoalari borishmoqda. Angliya esa uchinchi pog'onada, ular hisobida 7ta UEFA superkubogi mavjud. "Manchester Yunayted" bugun ushbu ko'rsatkichni bittaga oshirish imkoniyatiga ega.

UEFA Superkubogida g'olib jamoa 5 million evroga, mag'lubiyatga uchragan klub esa 3 million evroga boyiydi.

Bugungi o'yinga keladigan bo'lsak, "Real" ayni paytga kelib Evropada tengsiz bo'lib turibdi.



"Manchester Yunayted" esa o'zining shonli davriga qaytish arafasida. Joze Mourinyu o'tgan mavsumda ularni nufuzi jihatdan ikkinchi darajali musobaqa hisoblangan Evropa ligasida g'olibga aylantirdi. Bu yili esa jamoaning maqsadlari yanada jiddiy. "Qizil iblislar" Evropa ligasi orqali muxlislari sog'inib qolgan ECHLga qaytishdi. ECHLdan avval esa ular ushbu turnirning amaldagi g'olibiga qarshi yana bir jiddiy turnirda ishtirok etishadi. Bu o'yin MYU uchun haqiqiy imtihonga aylanadi. Jamoa qanchalik yirik musobaqaga, katta jamoalarga qarshi o'yinga tayyor ekanligiga bugun qisman javob olamiz.

Garchi mavsumoldi o'yinlarda "Real" ko'pchilikni hafsalasini pir qilgan bo'lsada, bu ularni kuchsizlanib qolganini anglatmaydi. SHunchaki Zinedin Zidan bu o'yinlar orqali natijalarga emas, balki jamoaning taktik chizgilari, futbolchilarning imkoniyatlari hamda boshqa rejalarini ko'zdan kechirdi xolos. Rasmiy o'yinlarda jiddiy "Real"ni ko'ramiz.
UEFA superkubogini qatorasiga ikki bor yutish uchun ham "Real" bugun o'zining yaxshi taraflarini ko'rsatishga majbur.
UEFA superkubogini 1990 yildan buyon hech bir jamoa ketma-ket ikki marotaba yutolmay kelmoqda. O'tgan mavsum ECHLni qatorasiga ikki bor yutishni uddalagan "qirollik klubi" bu UEFA superkubogi borasida ham bu ishni takrorlashga bor kuchini sarflaydi.

Bu o'yin qiymati ancha yuqori. UEFA Superkubogi shunchaki sovrin emas, bu turnirda har doim ham ishtirok etish nasib etavermaydi. Klub muzeyiga ushbu sovrin ko'rk bag'ishlasa bag'ishlaydiki, ammo hecham ortiqchalik qilmaydi. Yana ham ushbu yutuq jamoani yangi mavsum oldidan yanada ruhlantirib yuborish bilan birgalikda g'oliblik ruhini ham taqdim etadi.
Har ikkala jamoa uchun ham principial to'qnashuv bo'ladi.
Motivaciya jihatidan hech qanday muammo yo'q.
O'yin afishasini o'ziyoq barcha savollarga javob berishga qodir.



"Real" yozgi transfer bozorida yirik xaridlarni amalga oshirmadi. CHunki jamoaning ichki rezervi shundoq ham ancha boy. Aksincha, jamoa bir qator nomdor futbolchilarni boshqa klublarga pullashdi. Ammo jamoa etakchilari va yuulduzlari hech qaerga ketishgani yo'q. Muhimi, Ronaldu Madridda qoldi.
Morata va Xamesni jamoadan ketishi "Real"ni kuchsizlantirmasligi aniq. Faqatgina Zidan o'tgan mavsumda qilgan rotaciyalariga bu safar biroz o'zgartirish qilishiga to'g'ri keladi.

"Manchester Yunayted" ham yozgi transfer bozorida jim qarab turgani yo'q. Jamoani ko'p yillik etakchisi Ueyn Runi hamda o'tgan yili kelgan Zlatan Ibragimovich tark etishdi. Bu ikki futbolchini asosiy tarkibning muqim vakillari deyish haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Runi ancha avval asosiy tarkibdan tushib qolgan bo'lsa, Zlatan jarohati sabab uzoq muddat safdan chiqqandi. Bu bo'shliqni to'ldirish maqsadida Mourinyu jamoaga Romelu Lukakuni taklif etdi. Yarim himoya tayanch nuqtasi uchun esa Nemanya Matich jalb etildi. Lukaku orqali hujumdagi muammo hal etilgan bo'lsa, Matichning kelishi bilan tayanch zona mustahkamlandi va Pogbaga hujumda erkinlik taqdim etildi.
SHuningdek, MYU himoyaga Lindelofni taklif etdi.

Bugungi o'yin har ikkala jamoa uchun mavsumdagi ilk rasmiy bellashuv bo'ladi. Hozirga kelib hech bir jamoa jismonan to'liq formada emasligi aniq. SHu boisdan bugungi o'yinda murabbiylar ko'proq taktik kurashga etibor qaratishadi va shu orqali o'z maqsadlariga erishishga urinib ko'rishadi.



Real olib qaraydigan bo'lsak, ushbu to'nashuvda ustunlik "Real" tarafida. Ammo "Manchester Yunayted" degan nomning o'zi va jamoa bosh murabbiyining qarashlarini inobatga oladigan bo'lsak, madridliklarni "syurpriz" kutayotgan bo'lishi ham mumkin.
Muhimi, uchrashuvni hakamlik buzib qo'ymasa bo'lgani.
Katta ehtimol bilan masala penaltilar seriyasiga qadar ham etib borishi mumkin.
Evropa arenalaridagi ilk o'yinga juda oz fursat qoldi. Bizni qiziqarli va shiddatli o'yin kutayotgani rost.

Bu o'yin Zizu va Mour qarama-qarshiligining debochasi bo'ladi. Yangi mavsumda hali yana bir bor ushbu qarama-qarshilikdan bahramand bo'lishni barcha istasa kerak.

Zizu va "Real"ning kuchli irodasini sindirish o'zgacha murabbiyning qo'lidan keladimi?

Ushbu savolga javobni tunda Makedoniya poytaxtidagi "Filipp II" stadiondan izlaymiz.

UEFA superkubogining bu yilgi o'yini Makedoniya poytaxti Skope shahrida bo'lib o'tadi.

Jamoalarning mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvlari
"Real"

23.07: "Real" - "Manchester Yunayted" 1:1 (pen 1:2, Santa-Klara, AQSH)
26.07: "Real" - "Manchester Siti" 1:4 (Los-Andjeles, AQSH)
29.07: "Real" - "Barselona" 2:3 (Mayami, AQSH)
02.08: "Real" -  "MLS yulduzlari" 1:1 (pen 4:2, CHikago, AQSH)

MYU
15.07: "Los-Andjeles Geleksi" - "MYU" 2:5 (Karson-Siti, AQSH)
17.07: "MYU" - "Real Solt-Leyk" 2:1 (Sendi, AQSH)
20.07: "MYU" - "Manchester Siti" 2:0 (Xyuston, AQSH)
23.07: "MYU" - "Real" 1:1 (pen. 2:1, Santa-Klara, AQSH)
26.07: "Barselona" - "MYU" 1:0 (Landover, AQSH)
30.07: "Volerenga" - "MYU" 0:3 (Oslo, Norvegiya)
02.07: "MYU" - "Sampdoriya" 2:1 (Dublin, Irlandiya)



UEFA SUPERKUBOGI-2017
"Real" (Ispaniya) - "Manchester Yunayted" (Angliya)
Makedoniya, Skope shahri.
"Filipp II" stadioni.

Bosh hakam: Janluka Rokki (Italiya)

"Real" (taxminiy tarkib): Navas; Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo; Modrich, Kazemiro, Kroos; Isko, Benzema, Beyl.
So'roq ostida: Ronaldu (sport formasini to'liq tiklagani yo'q)
"Manchester Yunayted": De Xea; Valensiya, Lindelef, Smolling, Blind; Errera, Matich, Pogba; Reshford, Lukaku, Mxitaryan.

O'ynamaydi: Beyi (diskvalifikaciya), Djons (diskvalifikaciya), Roxo (jarohat), SHou (jarohat), Yang (jarohat)


SHahboz Beg'amov tayyorladi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика