Prevyu. "Qizilqum" ketma-ket 10 ta o'yindan buyon "Nasaf"ni yuta olmayapti
16 mar 2024 13:14
Yangiliklar
Prevyu. "Qizilqum" ketma-ket 10 ta o'yindan buyon "Nasaf"ni yuta olmayapti
Bu ikki klub hozirga qadar Superligada 50 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. "Nasaf" 30 ta o'yinda g'alaba qozongan, 7 ta bahsda "Qizilqum"ning qo'li baland kelgan. Yana 13 ta uchrashuvda tomonlar durang o'ynashgan. O'zaro o'yinlarda "ajdarlar" 94 ta gol urishgan va 49 ta gol o'tkazib yuborishgan.
"Qizilqum" ketma-ket 10 ta o'yindan buyon "Nasaf"ni yuta olmayapti - 4 ta durang va 6 ta mag'lubiyat. So'nggi bor Navoiy klubi 2018 yilgi mavsumda o'z maydonidagi bahsda "Nasaf"ni mag'lub etgan - 2:0.
Agar "Nasaf" maydonidagi o'yinlarga etibor qaratsak "Qizilqum" o'z tarixida faqat bir marta (2008 yil) Qarshidan g'alaba bilan qaytgan. Yani 16 yilda buyon "Qizilqum" bu jamoani safarda mag'lub eta olmayapti.
"Nasaf" maydonida o'tgan oxirgi 5 ta o'yin:
19.08.2023 "Nasaf" – "Qizilqum" 0:0
17.05.2022 "Nasaf" – "Qizilqum" 5:0
16.09.2021 "Nasaf" – "Qizilqum" 2:1
10.09.2020 "Nasaf" – "Qizilqum" 4:0
10.05.2019 "Nasaf" – "Qizilqum" 1:1
"Nasaf" mavsumni o'z uyida "Olimpik" ustidan g'alaba bilan boshladi - 2:0. So'ngra Toshkentda "Paxtakor" bilan durang o'ynadi - 0:0. "Nasaf" hozircha Superligada gol o'tkazmagan yagona klub bo'lib turibdi.
"Nasaf" — "Qizilqum"
16 mart 2024 yil. Qarshi, "Markaziy" stadioni. 19:00
Bosh hakam: Abdurashid Xuboyberganov
Qanot hakamlari: Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov
Zaxira hakami: Turg'un Jumaboev
VAR hakami: Rahimbek Karimov
AVAR hakami: Rishat Nugmanov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Davron Ibrohimov.

|
Nasaf Alibek Davronov - 18', Murodbek Rahmatov - 42' |
Superliga. 3-tur 16/03/2024, 19:00 1
:
2
Tugadi
|
Qizilqum Akaki SHulaya - 64' |
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar