So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  39 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

PREVYU. PAXTAKOR - NEFTCHI Yangiliklar

PREVYU. PAXTAKOR - NEFTCHI

O'zbek "El klassiko"si nomini olgan to'qnashuv Toshkentda "Paxtakor" va "Neftchi" o'rtasida bo'lib o'tadi.
Paxtakor (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona)
9 avgust. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 19:30
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), V. Agishev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

Bu ikki buyuk klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 45 bor kesishgan. Ustunlik “Paxtakor” tomonida. 21ta o'yinda toshkentliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 17ta uchrashuvda “Neftchi” g'olib bo'lgan. 7ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Paxtakor” foydasiga. Toshkent klubi shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 75ta gol kiritib o'z darvozasidan 60 marta to'p olib chiqqan. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 70 ochkoni, “Neftchi” esa 58 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor” oliy ligada “Neftchi” ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi “sherlar”ning eng yirik hisobidagi g'alabasi. “Neftchi”ning o'zaro o'yinlardagi “Paxtakor” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 4:0 bo'lib turibdi.

Birinchi davrada Farg'onada tashkil etilgan o'yinda mehmonlar muvaffaqiyat qozonishgan. Vladimir Kozak va Stanislav Andreevning birinchi bo'limda urgan gollariga o'yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Jahongir Jiyamurodov javob bergan – 1:2.

Toshkent bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
17.03.2013 Paxtakor - Neftchi 1:0
05.10.2012 Paxtakor - Neftchi 3:0
22.03.2011 Paxtakor - Neftchi 1:0
11.09.2010 Paxtakor - Neftchi 1:0
15.05.2009 Paxtakor - Neftchi 3:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Paxtakor” o'z maydonida bo'lib o'tgan o'yinlarning 16tasida muvaffaqiyat qozongan. 2ta bahsda g'olib aniqlanmagan. “Neftchi” Toshkentdan to'rt marta uch ochko bilan qayta olgan xolos.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика