So’nggi yangiliklar

14:21ОФК профессионал футбол бўйича семинар ташкил этди  0 13:44"Реал" ярим ҳимоячиси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  0 13:00"Ал Насср" бразилиялик ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи" — Фабрицио Романо  0 12:30"Челси" ярим ҳимоячиси: "Жоау Феликсни жамоада кўришни истамайман. У жонимга тегди"  1 12:08МТРК муҳим мусобақа трансляциясини сотиб олганини эълон қилди  29 11:56Хайрулла Холиқов: Элит чемпионлар Лигаси нима беради?  8 11:42Гюндоган тунда "Барселона" лагерини тарк этди ва Англияга учиб кетди  10 11:21Неймар "Барселона"га қайтиш учун ҳамма нарсага тайёр  8 11:05"Ал Ҳилол" яна бир ТОП трансферни амалга оширмоқда  3 10:41Италия А Серия жамоаси Шомуродовни ижарага олмоқчи  14 10:10Криштиану Роналду Youtube'даги чиқиши давомида яна бир муҳим янгиликни маълум қилдими?  4 09:34"Манчестер Юнайтед" яна бир йирик трансфер бўйича келишувга эришди  2 09:00Аббосбек Файзуллаев асосий устунлиги ва камчилиги ҳақида гапирди  5 08:26Салоҳ келаси ёзда қайси жамоага ўтиши маълум  2 07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  8

Prevyu. “Oq-tepa” – “Obod” Yangiliklar

Prevyu. “Oq-tepa” – “Obod”

Ertaga “Oq-tepa” O'zbekiston Birinchiligi bahslarining 1-bosqich, 21-tur uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib Toshkentning “Obod” jamoasidir.
1-liga debyutanti bo'lmish “Obod” bilan “Oq-tepa”ning yo'llari bu yil birinchi marta kesishdi. CHempionatning 2-turida “Obod” stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Birinchi bo'limda Doniyor Hasanov tomonidan urilgan golga Alisher SHog'ulomov tanaffusdan so'ng javob qaytargandi, ammo himoyachimiz Nikita Sviridov o'z darvozasini ishg'ol qilib, maydon egalarining g'alabasiga zamin yaratdi. SHu tariqa jamoalarning birinchi to'qnashuvida “Obod”ning qo'li baland keldi.

Aytish kerak, “Obod” liga debyutanti bo'lishiga qaramasdan har qanday raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatishning uddasidan chiqmoqda. Oddiy misol, 20-turda peshqadam “Qo'qon-1912” Toshkentdan mag'lubiyat bilan qaytdi – 2:0.

Ertanggi uchrashuvni qarshilik Naim Qosimov boshqaradi. Unga qanotlarda toshkentlik Farrux Yormuhamedov va Sunnatilla Karimov yordam beradi. Bellashuv nazoratchisi andijonlik Islom Rahimov.


2014 YIL
O'zbekiston Birinchiligi. 2-tur
“OBOD” – “OQ-TEPA” – 2:1 (1:0)
6 aprel. Toshkent. “Obod” stadioni. 155 tomoshabin.
Bosh hakam:
Igor Xudoydotov (Toshkent).
Qanot hakamlari: Rishat Nugmanov (Toshkent), Bahodir Bahromov (Toshkent).
Zaxiradagi hakam: Igor Gormashov (Toshkent).
Nazoratchi: Ibragim SHaripov (Buxoro).
“Obod”: Bekzod Omonmurodov, Mirzohid Mirsaidov (Linar Gabdurafikov, 66), G'ayrat Umirov, Doniyor Hasanov, Kamoliddin Tojiboev, Bilolxon Toshmirzaev, Umid Boqiev (Umid Matmusaev, 63), Rasul SHuhratov (Dilshod Umarxonov, 70), Sanjar To'raqulov, Javlon Iskandarov, SHerzod Jalilov.

“Oq-tepa”: SHohruh Eshbo'taev, Nikita Sviridov (SHohruh Pirnazarov, 79), Nodir Sadullaev, Temur Turdiev, Sergey Proxorov (Saidjon Topilov, 52), Nodir Teshaboev (Sergey Rekun, 46), Zafar Qoraqulov, Nikita Pavlenko, Alisher SHog'ulomov, Maruf Ahmadjonov, Xurshid Yo'ldoshev Nabijonovich.

Gollar: Doniyor Hasanov, 16 – 1:0. Alisher SHog'ulomov, 57-penaltidan – 1:1. Nikita Sviridov, 67-o'z darvozasiga – 2:1.

Ogohlantirishlar: Maruf Ahmadjonov, 59. Nodir Sadullaev, 72. Sergey Rekun, 82. Xurshid Yo'ldoshev Nabijonovich, 90+3.
 

O'zbekiston Birinchiligi. 21-tur
“OQ-TEPA” – “OBOD”
10 iyul. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni. 18:30
Bosh hakam:
Naim Qosimov (Qarshi).
Qanot hakamlari: Farrux Yormuhamedov (Toshkent), Sunnatilla Karimov (Toshkent).
Nazoratchi: Islom Rahimov (Andijon).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика