So’nggi yangiliklar

18:30"Динамо" - "Шўртан" (онлайн ҳисоб)  2 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   3 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  2 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  7 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3

Prevyu. “Obod” – “Navbahor” Yangiliklar

Prevyu. “Obod” – “Navbahor”

Teglar :  ObodNavbahor
Oliy liganing 22-turida "Navbahor" o'z uyida "Obod"ni qabul qiladi.

Jamoamizning ushbu turdagi raqibi Toshkentning Obod klubi 2016 yilgi chempionatda ilk marotaba oliy ligada qatnashmoqda. SHu sababli, raqiblarning o'zaro o'yinlari borasidagi statistikasi atigi bitta uchrashuvni tashkil etmoqda. Namanganda bo'lib o'tgan birinchi davra uchrashuvida futbolchilarimiz 2:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishgan. 30 aprel kuni “Markaziy” o'yingohda o'tgan uchrashuvda Akram Bahriddinov va Dilshod Jabborovlarning gollariga Pavel Solomin yagona gol bilan javob qaytargandi. Bundan tashqari raqiblar mavsumlar oralig'ida ham o'rtoqlik uchrashuvida ham kuch sinashishgan. Qishda “Obod” maydonida o'tkazilgan nazorat o'yinida 2:2 hisobidagi durang qayd etilgandi.

Joriy yilgi chempionatning 21-turidan keyin “Obod” jamoasi musobaqa jadvalida 12 ochko jamg'argan holda so'nggi o'rinni band etib turibdi. Poytaxtliklar 21 ta uchrashuvning uchtasini o'z foydalariga hal qilishgan. Yana uchta o'yinda esa “Obod” raqiblari bilan murosa ko'chasini tanlashga majbur bo'lgan. 15 ta o'yinda esa imkoniyat boy berilgan. Toshkent jamoasi raqiblar darvozasiga 15 marta yo'l topa olgan xolos. O'z navbatida o'z darvozalarida 44 ta to'p olib chiqishga majbur bo'lishgan. Etiborli jihati Toshkentdagi uchrashuv hakami Zokir Qodirov Namanganda o'tgan bahsni ham boshqargandi.

Toshkentning “Obod” jamoasi 2013 yili tashkil topgan. Oldingi mavsumlar davomida jamoa azolari birinchi ligada ishtirok etishgan. 2015 yilgi mavsum yakuniga ko'ra poytaxtliklar birinchi ligada g'oliblikni qo'lga kiritib, kuchlilar safida qatnashish huquqini qo'lga kiritishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика