So’nggi yangiliklar

18:25Вадим Абрамов: "Биз биринчи ўринни эгаллашимиз ҳам мумкин эди"  4 17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  8 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0 16:34"Андижон" 7 январь куни Туркияга йўл олади  4 16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  7 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  2 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  2 14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  2 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  4 13:55Манба: Суперлига-2026да апрель ойи ҳақиқий "боксинг дэй"га айланади  12 13:29U-23 Осиё Кубоги олдидан: рақиблар ва имкониятлар  5 13:07Кавани бутсаларини михга илди  21 12:40"Қўқон-1912" қисқа муддатли таътилга чиқди  2 12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  6

Prevyu. "Neftchi" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Qo'qon-1912"

Teglar :  Qo'qon-1912Neftchi
Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan vodiy derbisida "Neftchi" va "Qo'qon-1912" Farg'onada to'qnash kelishadi.

Neftchi (Farg'ona) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
10 iyun 2016. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
UzPFL vakili: B. Haydarov.
 
“Neftchi” va “Qo'qon-1912” oliy ligada 20 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Neftchi”ning kattagina ustunligini ko'rsatmoqda. “Neftchi” 17ta o'yinda g'olib bo'lgan, 2 marta durang qayd etilgan. “Qo'qon-1912” bu raqibni bir marta mag'lub etgan. To'plar nisbatida katta ustunlik “Neftchi” tomonida - 62:23. O'zaro o'yinlarda “Neftchi” 53 ochkoga ega bo'lgan bo'lsa, “Qo'qon-1912” 5 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Neftchi”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 6:1ga teng. Qo'qonliklar yagona g'alabasi - 1:0.

2015 yil Qo'qondagi uchrashuvda “Neftchi” zafar quchgan. Dastlab maydon egalari vakili Nodir Qo'ziboev hisobni ochgandi. Birinchi bo'limda SHukurali Po'latov tomonidan urilgan gol hisobni tenglashishiga xizmat qilgan. Akmal Xolmatovning kiritgan to'pi “Neftchi”ga irodali g'alabani keltirgandi – 2:1. Farg'onada esa aksincha “Qo'qon-1912” g'alaba qozongan. Doniyor Usmonovning urgan goli qo'qonliklarga “Neftchi” ustidan dastlabki tarixiy g'alabani keltirgandi.

Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
30.10.2015 Neftchi - Qo'qon-1912  0:1
08.09.2003 Neftchi - Qo'qon-1912  6:2
29.06.2002 Neftchi - Qo'qon-1912  6:3
29.10.2000 Neftchi - Qo'qon-1912  4:0
06.04.1999 Neftchi - Qo'qon-1912  5:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z maydonida bo'lib o'tgan 10ta o'yinning 9tasida g'alabaga erishgan. Bitta uchrashuvda “Qo'qon-1912” zafar quchgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика