So’nggi yangiliklar

14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  4 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  28 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  26 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0

Prevyu. “Neftchi” – “Bunyodkor” Yangiliklar

Prevyu. “Neftchi” – “Bunyodkor”

Teglar :  NeftchiBunyodkor
Oliy liganing 6-turida Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qiladi.

Quyida mazkur raqiblarning o'zaro bahslarga doir statistik malumotlarini taqdim etamiz.

“Bunyodkor” va “Neftchi” oliy ligada 20 marta o'zaro o'ynashgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. “Bunyodkor” Farg'ona klubini 12 marta taslim qilgan. “Neftchi” esa faqat 4 marta “qaldirg'ochlar”ni ochkosiz qoldira olgan. 4ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ham tabiiyki ustunlik “Bunyodkor” tomonida – 29:11. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 40, “Neftchi” 17 ochkoga ega bo'lgan.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0ga teng. “Neftchi”ning eng yirik g'alabasi – 2:0
O'tgan yili Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi raqobatda Andrey Fyodorov shogirdlari mazkur raqibni 2:1 natijasiga ko'ra taslim qilgan. Maydon egalari safidan Mansur Saidov va Otabek Isroilov gol urgan bo'lsa, Eldor SHomurodov bu to'plarga javob qaytargan.



Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi olti uchrashuv:
03.08.2015 Neftchi – Bunyodkor 2:1
20.09.2015 Neftchi – Bunyodkor 2:0
25.10.2014 Neftchi – Bunyodkor 0:0
31.05.2013 Neftchi – Bunyodkor 0:1
21.06.2012 Neftchi – Bunyodkor 1:2
01.04.2011 Neftchi – Bunyodkor 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z uyida bu raqibni uch marta (2008, 2015 va 2016 yil) mag'lub etgan. Ikki marta Farg'onadagi bahsda durang qayd etilgan. Qolgan 5ta o'yinda “qaldirg'ochlar” safarda g'alabaga erishgan. Oxirgi 3 uchrashuvda “Bunyodkor” safarda g'alaba qozona olmayapti.

Eslatib o'tamiz, Farg'ona hamda Toshkent jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 16 aprel kuni soat 17:00da start oladi. O'yinga Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadioni mezbonlik qiladi.

Yoshlar ligasi doirasidagi “Neftchi” – ” Bunyodkor” bellashuvi esa 15 aprel kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика